Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə77/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

87. Qaysi qatorda o’zlashtirma gap berilgan?
A) Saida Olimjon bilan test imtihonlari haqida suhbatlashdi.
B) Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir odil podshoh o’tgan ekan.
C) O’qituvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi.
D) “Salima qanday o’qiyapti?” – deb so’radi opasi.
88. Ko’chirma va o’zlashtirma gap haqidagi qaysi hukm to’g’ri?
1.Ko’chirma gap qo’shma gap, o’zlashtirma gap sodda gap sanaladi
2. Ko’chirma gap sintaksis bo’limida, o’zlashtirma gap morfologiya bo’limida o’rganiladi
3. Ko’chirma gap va o’zlashtirma gap ma’nodosh bo’ladi.
A) 1, 2 B) 1, 2, 3 C) 1, 3 D) to’g’ri javob berilmagan
89. Ko’chirma gap qaysi yo’llar bilan o’zlashtirma gapga aylantiriladi?
1.Darak gap shaklidagi ko’chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to’ldiruvchiga aylantiriladi.
2. Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so’zi aytdi so’zi bilan almashtiriladi.
3. Muallif gapining egasi o’zlashtirma gap egasi bo’lib gap boshida keladi.
4. So’roq, buyruq shaklidagi ko’chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi
5. Ko’chirma gap tarkibidagi undov, kirishlar tushirib qoldiriladi.
6. Undalma chiqish kelishigidagi to’ldiruvchiga aylantiriladi
A) 1, 3, 6 B) 1, 2, 4, 5
C) 1, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
90. Behbudiy: “Maktab dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir”, -- deb yozadi. Yuqoridagi ko’chirma gapli qo’shma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda ko’chirma gapning egasi qaysi gap bo’lagiga aylanadi?
A) ega sifatida keladi.
B) aniqlovchiga aylanadi
C) to’ldiruvchiga aylanadi
D) holga aylanadi
91. Ko’chirma gapli qo’shma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda uning tarkibidagi undalma qanday vazifada keladi?
A) tushib qoladi
B) qaratqichli aniqlovchiga aylanadi
C) egaga aylanadi D) to’ldiruvchiga aylanadi
92. O’zlashtirma gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Donolar deydiki: “Vaqting ketdi -- baxting ketdi”.
B) Manzuraning aytishicha, badiiy adabiyotni hozirgi yoshlar kam o’qimoqdalar.
C) Yo’lovchi qizga umri uzoq bo’lishini tiladi.
D) O’zlashtirma gap mavjud emas.
93. Qaysi fikr to’g’ri?
A) Ko’chirma gap ma’lum bir matndagi so’zlovchi yoki hikoya qiluvchining o’z gapi.
B) muallif gapi boshqalarning gapini aynan ifodalashdir.
C) o’zlashtirma gap o’zgalarning gapini muallif o’z gapi bilan ifodalash
D) A va C
94. Muallif gapi va ko’chirma gapning o’rni haqidagi qaysi fikr to’g’ri?
A) oldin muallif gapi, so’ng ko’chirma gap keladi.
B) oldin ko’chirma gap, keyin muallif gapi keladi.
C) oldin muallif gapi so’ng ko’chirma gap, undan so’ng muallif gapining davomi keladi.
D) muallif gapi va ko’chirma gapning joylashish o’rni erkindir.
95. Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga (va aksincha) aylantirilganda ular orasida qanday farq bo’ladi?
1. ko’chirma gap qo’shma, o’zlashtirma gap sodda gap hisoblanadi.
2. har ikkovi bir-biriga ma’nodosh bo’ladi.
3. ular o’rtasida hech qanday farq bo’lmaydi.
4. ular orasida uslubiy ma’no farqlari bo’ladi.
A) 1, 2 B) 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4
96. “Tog’amiz biznikiga tez-tez kelib turar edi”, -- dedi Botir. Yuqoridagi ko’chirma gapli qo’shma gap qaysi qatorda eng muvofiq tarzda o’zlashtirma gapga aylantirilgan?
A) Tog’amiz biznikiga tez-tez kelib turishini Botir aytdi.
B) Tog’asi ularnikiga tez-tez kelib turadi deb aytdi Tohir
C) Botir tog’asining ularnikiga tez-tez kelib turganligini aytdi.
D) Botirning tog’asi ularnikiga tez-tez kelib turadi.
97. “To’pqayrag’ochga yaqin qoldimi?” – deb o’tkinchilardan so’radi u. Ushbu ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda yaqin qoldimi? kesimi qaysi gap bo’lagiga aylanadi?
A) qaratqich aniqlovchiga
B) kesimligicha qoladi
C) vositasiz to’ldiruvchiga
D) payt holiga
98. “Aybni yashirmoq – nodonlar ishi”, -- dedi rais qizishib. – Rais qizishib, aybni yashirmoq nodonlar ishi ekanligini aytdi.
Yuqoridagi ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda gapda qanday sintaktik vazifada kelyapti?
A) qaratqich aniqlovchi bo’lib kelyapti
B) kengaygan birikmali ega bo’lib kelyapti
C) kengaygan birikmali to’ldiruvchi bo’lib kelyapti
D) kengaygan birikmali sifatlovchi aniqlovchi bo’lib kelyapti.
99. Ko’chirma gap tarkibidagi qaysi grammatik birliklarni o’zlashtirma gapga aylantirib bo’lmaydi?
A) ega va kesimni
B) undov va atov gaplarni
C) kiritma va aniqlovchini
D) to’ldiruvchi va holni
100. U nafaslari tiqilgan holda kotibga qo’l uzatdi: “Rahmat, o’rtoq Jo’raboev, katta rahmat!” Yuqoridagi ko’chirma gapli qo’shma gap qaysi qatorda eng muvofiq tarzda o’zlashtirma gapga aylantirilgan?
A) U nafaslari tiqilgan holda qo’l uzatib, Jo’raboevga katta rahmatlar aytdi.
B) Rahmatini Jo’rboevga aytib, kotibga nafaslari tiqilgan holda qo’l uzatdi.
C) U nafaslari tiqilgan holda kotibga qo’z uzatib, unga minnatdorchilik bildirdi.
D) U nafaslari tiqilgan holda kotibga qo’l uzatdi va Jo’raboevga rahmatlarini aytdi.
101. Qor degani odamning tizzasidan kelar, sovuq esa odamning yuz-qo’lini chaqib olar ekan. Ushbu gap........
A) ergashgan qo’shma gap
B) bog’lovchisiz qo’shma gap
C) bog’langan qo’shma gap
D) ergashgan qo’shma gap
102. Ko’rsatish olmoshili ergashgan qo’shma gaplarda ko’rsatish olmoshi qaysi gap tarkibida keladi?
A) bosh gap tarkibida
B) ergash gap tarkibida
C) bosh va ergash gap tarkibida
D) ba’zan bosh, ba’zan ergash gap tarkibida
103. Quyidagi bog’lovchisiz qo’shma gaplarning sodda gaplari orasida qanday mazmun anglashilyapti?
1. Jismimiz yo’qolur – o’chmas nomimiz.
2. Suv keldi – nur keldi
3. Saidjalolxon tovush chiqarmay uning yoniga o’tirdi – u ko’rmadi
4. Rais kirib keldi – majlis ochildi.
A) o’xshatish, natija, payt, zidlik
B) zidlik, o’xshatish, natija, payt
C) payt, o’xshatish, zidlik, natija
D) zidlik, natija, o’xshatish, payt
104. Elning bir so’zi bor: o’zingga ehtiyot bo’l: o’zingga ehtiyot bo’l, qo’shningni o’g’ri tutma! Ushbu bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibida nima uchun ikki nuqta qo’yilyapti?
A) ikkinchi qism birinchi qismdan anglashilgan mazmunning ro’y berish sababini bildirgani uchun
B) ikkinchi qism birinchi qism tarkibidagi ot (so’z)ni aniqlagani uchun
C) ikkinchi qism birinchi qismdan anglashilgan mazmunning natijasini bildirgani uchun
D) ikkinchi qism birinchi qismga o’xshatilgani uchun
105. Bir necha ergash gapli qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A) Kitob – bilim manbai. SHuning uchun biz kitobni sevamiz.
B) Otam “Mirzo” va “G’ulom” taxalluslari bilan talay she’rlar yozgan. Lekin bular bir yerda to’planib chiqqan emas.
C) Martabang ko’k qadar ulug’ bo’lsa-yu, lekin yor-u do’stlaring bo’lmasa, bundan nima foyda.
D) Yashil bo’yoq bilan bo’yalgan, ust tomoni o’ymakor panjarali, katta va og’ir darvozaga yetganda, yigitning yuragi biroz o’ynab ketdi.

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin