Leksikologiya 1. So’z va uning xususiyatlarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limi nima deb ataladi? A) orfoepiya B) fonetika
C) morfemika D) leksikologiya
2. Qanday so’zlar atash ma’nosiga ega bo’ladi? A) tildagi barcha so’zlar
B) faqat mustaqil so’zlar
C) tildagi yordamchi so’zlar
D) faqat ot, olmosh va sifat
3. Atash ma’nosiga ishora qiluvchi so’z turkumini belgilang. A) ot B) sifat C) son D) olmosh
4. Qaysi birikmalardagi so’z ko’chma ma’noda qo’llanmagan? 1. chuqur hovuz 2. iliq munosabat 3. sovuq xabar 4. og’rigan bosh 5. xira odam A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 4 C) 2, 4, 5 D) barchasida ko’chma ma’noda
5.So’zning o’z ma’nosi deganda nimani tushunasiz? A) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lgan atash ma’nosi
B) so’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi
C) aytilishi va yozilishi bir xil bo’lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so’zlar
D) bir mazmuniy guruhga mansub bo’lgan so’zlar.
6. Qaysi so’zlar ko’chma ma’noda qo’llanishi mumkin? A) stakan, ruchka, daraxt
B) fonema, morfema, unli
C) mashina, kursi, sholipoya
D) gul, shirin, issiq
7. So’zning nutqda boshqa so’zlarga bog’lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi.... A) ko’chma ma’no B) o’z ma’no
C) bosh ma’no D) to’g’ri javob berilmagan
8. Ko’p ma’noli so’z qanday usul bilan hosil bo’ladi? A) Ko’p ma’noli so’z har qanday o’rinda ham bilinib turadi.
B) O’z va ko’chma ma’no birikib, ko’p ma’noli so’zni hosil qiladi.
C) Ikki yoki undan ortiq ko’chma ma’noli so’zlardan hosil bo’ladi. D) A, B, C
9. Aytilishi va yozilishi bir xil bo’lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so’zlar.. A) shakldosh so’zlar B) uyadosh so’zlar
C) paronimlar D) ma’nodosh so’zlar
10. SHakldosh so’zlar berilgan qatorni aniqlang. A) ko’z, oyoq, bosh B) pilik, chiroq, nur
C) och, qirq, uch D) daho, afzal, teri
11.Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo’lgan so’zlar... A) uyadosh so’zlar B) shakldosh so’zlar
C) ma’nodosh so’zlar D) zid ma’noli so’zlar
12. Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so’zlar... A) paronim so’zlar B) ma’nodosh so’zlar
C) uyadosh so’zlar D) shakldosh so’zlar
13. Paronim so’zlar berilgan juftlikni aniqlang. A) sho’ng’imoq – sho’mg’imoq
B) kaptar – kabutar
C) adab – odob D) daho – daha
14. Xorazm shevasidagi “uchak” so’zining ma’nosi... A) uy B) oy C) tom D) narvon
15. Lug’at tuzish qoidalarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasi... A) etimologiya B) leksikologiya
C) leksikografiya D) etnografiya
16. Atamalar qo’llanishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) zamonaviy atamalar va tarixiy atamalar
B) ilmiy atamalar va kasbiy atamalar
C) umumxalq tilidan olingan atamalar va boshqa tillardan olingan atamalar
D) bir ma’noli atamalar va ko’p ma’noli atamalar
17. Etnografiya qanday fan? A) qadimgi odamlar yashagan joylarda qazish ishlari olib borish natijasida yashash manzilgohlari va topilgan buyumlarni o’rganuvchi fan
B) xalqlarning kelib chiqishi, urf-odatlari, bayramlarini o’rganuvchi fan
C) odamning qiyofasini suyak qoldiqlariga qarab o’rganuvchi fan
D) so’zlarning kelib chiqishi va o’zgarishini o’rganuvchi fan
18. Angob, loya, sog’i, betlik so’zlari qaysi kasb-hunarga oid hisoblanadi? A) tikuvchilik B) duradgorlik
C) misgarlik D) etikdo’zlik
19. Biror predmet belgisining, harakatning o’xshash tomonini boshqasiga ko’chirish.... deyiladi. A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
20. Butun qishloq unga “rahmat” deyapti. Ushbu gapda ma’no ko’chishining qaysi turi mavjud? A) metafora B) metonimiya
C) sinekdoxa D) vazifadoshlik