Ona tili o’qitish metodikasi fanidan taqdimot Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar



Yüklə 83,24 Kb.
səhifə4/5
tarix28.03.2023
ölçüsü83,24 Kb.
#90564
1   2   3   4   5
Maruza 1

Boshlang‘ich ta’limda o‘quv dasturi –
o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matn-dan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo‘g‘in > so‘z > gap > matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi.
"Alifbe" darsligida berilgan: yangi so‘zlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, o‘quvchilarni so‘z ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o‘qishga, o‘qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o‘qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari o‘qish
o‘qish darslari bilan bog‘lab olib boriladi. Sinfdan tashqari o‘qish mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘limga ajratiladi:
Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi.
Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallar asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. O‘quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya’ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsa, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadi-lar, so‘ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o‘tadilar.
O‘quvchilar milliy va jahon adabiyotlarini o‘qib, tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va xunuklik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi. Ularga ongli munosabat bildirish hamda o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy fazilatlar-ning shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratadi. Mutolaa o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlari rivojlanadi. Bola-ning matn mazmunini to‘liq uqib olishi qayta hikoyalashi, shuning-dek, o‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi malakalari hosil qilinadi.

Yüklə 83,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin