Savod o‘rgatish mashqlarining asosiy turlari Tovush ustida ishlash.
Savod o'rgatishda asosan, quyidagi usullar amalda qo'llanilm oqda:
I. Analiz mashqlari. So'zlarni tovush tom onidan analiz va sintez qilish usullari hozirgi kunda takomillashtirilib borilmoqda.
1. N utq (gap)dan so'zni ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish; b o ' g'inlarga bo'lish va bo'g'inlarni aniq talaffuz qilish, so'zdan, bo‘g'indan tovushni kuchli talaffuz qilib o'qish, muayyan tovushni ajratgan holda so'zni bo'g'inlab o'qish (aaaa-na, nooon, iiin, sssa-na, ki-yyyik, iiish).
2. Darsda o'rganiladigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor: a) so'zdan tovushni cho'zib talaffuz qilish bilan ajratish: aaa-na, looo-la, booo-la; b) undosh tovushni yopiq bo'g'indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, A-minnn. d) sirg'aluvchi undoshni ochiq b o 'g 'in d an ajratish: sssa-na, tuУУУа, zZZi-rak; e) bo'g'in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, и-mim, o ‘-tin, a-na, e-tik, i-pak; 0 o'rganiladigan tovushni so'z boshida kelgan so'zlardan ajratish (so'zni o'qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o'quvchi aytadi): non, tok, olm a,...; g) rasm nom ini ifodalovchi so'zni aytish: o'qituvchi nokning rasmini ko'rsatib, noo deydi, o'quvchilar к tovushini qo'shib aytadilar: nok.
II. Sintez mashqlari. 1. Tovush tom onidan analiz qilingan so'zni yoki bo'g'inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so'z yoki bo'g'inni o'qish.
2. O'rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...) bo'g'in jadvalini tuzish; bo'g'in jadvalini kitobdan yoki m atndan o'qish; kesma harflardan bo'g'in jadvalini tuzish.
3. Bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan farqlanadigan so'zlarni o'qish (bunday so'zlarni o'quvchilam ing o'zlari topib o'qishlari mumkin).
4. So'zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qish: ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, !oy; о ‘roq-so ‘roq; olxol, sol; sava-savat; son-oson; ayiq-qayiq; olti-oltin.
5. So'z o'rtasiga harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qish: ko'm akko'lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, sila-siyla kabi.
6. Bo'g'inlarni almashtirib yangi so'z hosil qilish va o'qish: GulnorNorgul, asil-sila kabi.
7. Tovushlarning o'rnini almashtirib yangi so'zni hosil qilish va o'qish: somon-osmon, tilak-kalit, q o ‘y - yo'q.
8. Tovushni yoki bo'g'inni tushirib qoldirib, yangi so'z hosil qilish va o'qish: anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog‘la-bola.
9. B o'g'in qo'shib yangi so'z hosil qilish va o'qish: bog'-bog'bon, gul-gulzor,