72.Neft O‘zbekistonning qayerlaridan uchraydi.Xaritadan belgilang.
A) Buxoro, Namangan, Surxondaryo
B) Buxoro Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo
D) Navoiy, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatida
73. Tabiiy gaz O‘zbekistonning qayerlarida uchraydi?
A) Buxoro, Namangan, Surxondaryo
B) Buxoro Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo
D) Navoiy, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatida
74.Oltin O‘zbekistonning qayerlarida uchraydi? A) Buxoro, Namangan, Surxondaryo
B) Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo
D) Navoiy, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatida
75.Ariq bo‘ylarida o‘sadigan o‘simliklarni belgilang.
A) Na’matak, juzg‘un, saksovul, quyonsuyak
B) Yalpiz, zubturum, qoqio‘t, ajriq, sachratqi, ayiqtovon
D) Archa, yong‘oq, do‘lana, yovvoyi olma, bodom
76.Tog‘ yon bag‘rida o‘sadigan daraxtlarni belgilang.
A) Na’matak, juzg‘un, saksovul, quyonsuyak
B) Yalpiz, zubturum, qoqio‘t, ajriq, sachratqi, ayiqtovon
D) Archa, yong‘oq, do‘lana, yovvoyi olma, bodom
77.Gidroelektrostansiya nima?
A) bu daryo to‘g‘on bilan to‘silib, turbina parraklarining aylanishidan elektr toki olinadigan inshoot.
B) tabiiy gaz zahirasi. D) issiqlik elektrostansiyasi.
78.Granit qanday rangda bo‘ladi?
A) qora, oq, ko‘k B) pushti, kulrang, yashil bo‘ladi.
D) qizil, sariq, oq
79.Granit qayerlardan qazib olinadi?
A) Toshkent, Namangan, Samarqand viloyati hududidagi tog‘lardan
B) Toshkent va Samarqand viloyatlari hududidagi tog‘lardan
D) Surxondaryo va Toshkent viloyati tog‘li hududlaridan qazib olinadi.
80.Qora metall rudalarini belgilang.
A) magnitli temirtosh B) qo‘ng‘ir temirtosh
D) qizil temirtosh, magnitli temirtosh, qo‘ng‘ir temirtosh
81.Rangli metallarga qaysi metallar kiradi?
A) oltin, kumush, mis B) alyumin, qo‘rg‘oshin
D) oltin, kumush, mis, alyumin, qo‘rg‘oshin
Dostları ilə paylaş: |