30. Qanaot birla qorin to‘ydirurmiz,
Qanoat bo‘lmasa, ko‘p och bo‘lursiz.
Qanoatsiz kishi bag‘rini dog‘lar,
Qanoatlik kishi og‘zini yog‘lar.
Ushbu to‘rtlikdagi o‘zakdosh so‘zlar qaysi gap bo‘laklari vazifasida qo‘llangan?
A) ega, ega, aniqlovchi, aniqlovchi
B) to‘ldiruvchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi
D) ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol
31. Qaysi bo‘lak doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga bog‘lanadi?
A) o‘rin holi B) tushum kelishigidagi to‘ldiruvchi
D) qaratqich aniqlovchi
32. Qaysi gap bo‘lagi hokim bo‘lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi?
A) qaratqich aniqlovchi B) ega D) vositasiz to‘ldiruvchi
33. Umumlashtiruvchi so‘z mavjud gapni toping.
A) Mehnatda, ijodda, san’atda, fanda kattadir yoshlarning qo‘shgan hissasi.
B) Hademay, o‘rik, shaftolilar gulga kiradi.
D) G‘azab, jaholat, adovat, g‘iybat, ta’ma, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi.
D) Qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar bor.
34. Hoy, Murod, nega indamaysan?
Ushbu gapdagi undalmani toping.
A) Murod B) hoy D) hoy,Murod
35. G‘azab, jaholat, adovat,g‘iybat, ta’ma, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi.
Ushbu gapda tire nima uchun qo‘llangan?
A) umumlashtiruvchi so‘z uyushiq bo‘laklardan keyin kelgani uchun B) ega mantiqiy urg‘u olgani uchun
D) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida o‘xshatish munosabati ifodalangani uchun
36. Dadasi: – Qani, o‘g‘lim, qarashib yubor, gul ekamiz, – dedi. Ushbu gapdagi qaysi so‘z undalma hisoblanadi?
A) qani, o‘g‘lim B) o‘g‘lim D) qani
37. Fikrning to‘g‘riligini anglatuvchi kirish so‘z ishtirok etgan gapni toping.
A) Mayli, qo‘shiq ayta qolinglar, – debdi Tulki.
B) Bizni do‘stimiz sog‘insin, albatta.
D) Avvalo, inson o‘zini o‘zi hurmat qilmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: |