Shumg‘iya (Orabancha kae) o‘simligining biologik xususiyatlari.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi
Saxaddinova O‘lmasoy
Elektron pochta: saxaddinovaulmasoy@gmail.com
ANNOTATSIYA
Shumgʻiya oʻsimligi xlorifilsiz parazit oʻsimlik boʻlib, u asosan choʻllarda qum koʻchishini oldini olgani uchun koʻpaytiriladi, hazirda uning dorivor xususiyatlari aniqlanmagani uchun, u oʻsimlik turlari aniqlanib,xususiyatlari ustida amallar olib borilmoqda.
Tayanch soʻzlar: Shumgʻiya, xlorofill, subtropik mintaqa, chirvitatsiya, fotoliza pashshasi.
Biological features of the Shumg‘iya (Orabancha kae) plant.
ANNOTATION
The sand plant is a chlorophyll-free parasitic plant, which is mainly grown in deserts to prevent sand migration. Currently, its medicinal properties have not been determined, so the species of this plant is being identified and actions are being carried out on its properties.
Key words: Shumgia, chlorophyll, subtropical region, chirvitation, photolysis fly.
KIRISH
Shumg‘iya – shumg‘iyadoshlar oilasiga mansub bo‘lib ko‘p yillik yoki bir yillik xlorofilsiz tekinxor parazit o‘simlik. Ushbu o‘simlik cho‘l o‘simligi bo‘lib, bu o‘simlik asosan mo‘tadil va subtropik mintaqalarda 150 dan ortiq turi tarqalgan[1]. O‘rta osiyoda esa 7 tadan ortiq turlari mavjud. Shumg‘iya, karam shumg‘iyasi, misr shumg‘iyasi shular jumlasidan. Chetdan changlanadi, mevasi ko‘p urug‘li ko‘sakcha. Shumg‘iya o‘simlik ildizida so‘rg‘ichlar bilan yopishib oladi va undan suv, oziq moddalarini so‘rib oladi. Natijada o‘simlik kuchsizlanadi. Hosildorlik esa 50-70%ga kamayadi. Yozgi o‘simlik nobud bo‘ladi. Shu sabab bu o‘simlik parazid o‘simlik hisoblanadi. Bu o‘simlikni foyda hususiyati va dorivorligi to‘liq o‘rganilmagan [6].
Shumg‘iya ko‘p yillik o‘simliklarda parazitlik qilganda, xuddi ko‘p yillik o‘simlik sifatida o‘z faoliyatini davom ettiradi. Agar xo‘jayin-o‘simlik nobud bo‘lsa, u ham birga nobud bo‘ladi.[4] Ayrim tadqiqotchilar fikricha, ko‘p yillik o‘simliklarda parazitlik qilgan shumg‘iya vegetativ usulda ham ko‘payish hususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bunda ikkilamchi gaustoriyalarida (so‘rg‘ichlarida) kurtak o‘simtasi hosil qilib, bu keyinroq ona o‘simlikdan ajralib mustaqil parazitlik qila boshlaydi.[1]
Misr shumg‘iyasi paraziti tuproqda xo‘jayin-o‘simlik ildiz tizimigajoylashgandan keyin er yuzasiga chiqib poya hosil qilganlari qovunda 40,5%, tarvuzda 10,7% va pomidorda esa 13,9% ni tashkil qiladi. Qolgan parazitlar tuproqni chuqurroq qismida joylashadi va ular xo‘jayin-o‘simlikni butun o‘suv davri mobaynida unib chiqa boshlaydi, shu bilan o‘simlikka butun o‘suv davri davomida ziyon etkazadi [3]. Parazit uch marta yulib tashlaganda ham yana unib chiqish qobiliyatiga ega [7].
Kurash choralari- Shumg‘iya pishmasdan oldin, o‘tab tashlanadi, chervititsiyalar sepiladi, biologik1 kurash sifatida fitoliza pashshasidan foydalaniladi.[4]
Shumg’iyani 80 dan ortiq turi mavjud bo‘lib shular ichidan 5 tasi qishloq ekinlariga kata zarar yetkazadi va buning oqibatida aholini sifatli oziq-ovqat bilan taminlashga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi [2].
XULOSA
Shumg‘iya (Orobanche) turkumi yuksak o‘simliklarga mansub bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlarining obligat parazitlari hisoblanadi. Shumg‘iya o‘simliklaming ildizlariga yopishib olib, o‘zi uchun kerak bo'lgan suv va oziqa moddani xo‘jayin organizmidan oladi hamda ekinlarni nobud bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.[2]. U hosil qiladigan urug‘lar Juda mayda bo’lib, infeksiya manbai sifatida shumg‘iya turiga qarab 10 yildan 20 yilgacha tuproqda saqlanib qoladi.Tuproqning haydaladigan qatlamiga tushgan urug‘ xo’jayin – o‘simlik ekilmaguncha tinim holatida qoladi. Bu esa shumg‘iyani daladan yo‘qotishni ancha qiyinlashtiradi. Shu sababli shumg‘iyaga qarshi kurash choralaridan eng samaralisi uning infeksiya manbaini tuproqdan yo‘qotishdir. Bunday choralardan biri xo‘jayin bo‘magan o‘simliklardan tuproqdagi shumg‘iya urugni undirishda foydalanish hisoblanadi. Shumg‘iya o‘simligi juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, Bu o‘simlik cho‘llarda qum ko‘chishini oldini oladi [7].
Shumg‘iya Pediculoris grigroenlandica – (orabancha keae) oilasiga mannsub gulli o‘simlik bo‘lib, uni filboshi, filboshli kapalak kabi umumiy nomlar bilan mashxur. Shumg‘iya urug‘lari mayda bitta ko‘sakchada 2000-2500 tagacha bo‘ladi [5 ].
Shumg’iyaga qarshi kurash choralari asosan ushbu o‘simlik tekinxo‘r hamda parazitligi bois qishloq xo‘jaligida ekinlarni bardoshliligini ekish hamda shumg’iya o’sib chiqqandan keyin urug‘lamasdan oldin imkon qadar tezroq qirib tashlash zarur[2]. Bundan tashqari uni yo‘qotuvchi fitomiza pashshasini ko’paytirish va yerni haydash mavsumida yerni chuqurroq haydash ham muhim ahamiyaga ega. Shumg’iya o‘simligini yo‘qotish hamda zaraarini kamaytirishni asosiy omilidan yana biri yo‘l va kanallardagi begona o‘tlarni yo‘q qilish hamda fusarium orobanches o‘simlik zamburug‘ini ko‘paytirish ham bir muncha yaxshi va samarali foyda beradi.
Unib chiqish qobilyati 8-12 yilgacha deyiladi [ 8].
Dostları ilə paylaş: |