118
keltirish lozimki, o‘quvchilar fikrini dalillar asosida isbotlasin; o‘z
nuqtayi nazarini bayon qilsin; hukm va xulosalar chiqarsin.
Darsning oxirida mashg‘ulotga yakun yasaladi, seminarning
yutuq va kamchiliklari aytiladi va o‘quvchilarning bilimi baholanib,
ular izohlanadi. Bilimni baholashda bolalarning mashg‘ulotga
tayyorgarlik ko‘rish darajasi, masalaning mohiyatini anglashi, o‘z
fikrini dalillar bilan asoslay olishi, javoblarni to‘ldirishdagi ishtiroki,
ijodiyligi kabilar hisobga olinadi.
Barcha sinflarda ham seminar darsidan foydalanish tavsiya
etilmaydi. Mashg‘ulotning bu shaklidan ko‘proq o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasi talabga javob beradigan, mustaqil ishlashga
o‘rgatilgan sinflarda foydalanish ma’qul. Aks holda, barcha harakatlar
zoye ketib, o‘quvchilar masalaning tub mohiyatiga yetmay qolishlari
mumkin.
К
o‘rinib turibdiki, darsning shakllari benihoya ko‘p. O‘qituvchi
bu dars shakllarini puxta bilishi, o‘rganiladigan til materiallarining
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni tanlay olmog‘i lozim. Dars
shakllari qancha tez-tez o‘zgarib tursa, o‘quvchilarning ona tili faniga
qiziqish darajasi shuncha yuqori bo‘lishini o‘qituvchi hamisha yodda
tutmog‘i lozim. Bu esa puxta bilimning asosiy garovidir.
Dostları ilə paylaş: