Ona tili o'qitish metodikasining ilmiy asoslari o'zaro bog'liq fanlarini dalillash


ONA TILI O'QITISH METODIKASINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI



Yüklə 110,7 Kb.
səhifə19/28
tarix04.04.2023
ölçüsü110,7 Kb.
#92926
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Ona tili o\'qitish metodikasining ilmiy asoslari o\'zaro bog\'liq f

ONA TILI O'QITISH METODIKASINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Ona tili o’qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. CHunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi.
Ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi, til o’rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi.
Ona tili o’qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:

  1. Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi, darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratib beradi. Ularning samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.

  2. Qanday o’qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo’llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi.

  3. Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarni o’rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.

Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.
Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi.
Ona tili ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’rgatiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o’stirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi:
1. Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan masalalardandir. CHunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo’ygan bolalarga barcha o’quv qurollarining sovg’a qilinishi prezident I. Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo’lib etishishlari uchun g’amxo’rlikning bir namunasidir.
2.O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish fanining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
3.Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakasini shakllantirishni o’z ichiga oladi
4.O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o’quv fani sifatida anglaydilar. ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o’zining grafik formasi bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik formasi bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
Metodika bolalarning nutqini boyitishni, sintaktik va bog’lanishli nutqini o’stirishni ham ta’minlashi kerak.
SHuni aytib o’tish kerakki, bog’lanishli nutq maktablarda alohida bo’lim sifatida o’rganilmaydi. U til fanining boshqa bo’limlari bilan bog’langan holda o’rganiladi.
Tayanch so’zlar: pedagogik fan, savod o’rgatish metodikasi, o’qish metodikasi, grammatik va imlo metodikasi, o’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi, ta’lim, tarbiya, amaliy fan, o’qish, yozish, fonetika, grafika, metod

Yüklə 110,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin