1. Tayyorlov bosqichi. Bunga 1-sinfning 1-yarim yilligida o`quvchilarni badiiy kitoblar bilan tanishtirish, badiiy asardan zavq ola bilishi, uni mustaqil o`qishga havas uyg`otish, o`qish texnikasi yuzasidan izchil tushunchalar berib borish, to`g`ri talaffuzga o`rgatish masalalar kiritildi.
2. Ilk mutoala bosqichi. Bu bosqichga 1-2-sinf o`quvchilarini badiiy kitoblar bilan tanishtirishdan mustaqil mutolaaga, tez, to`g`ri, ravon va ifodali o`qishga, o`qiganlari yuzasidan o`z taassurotlarini shakllantirishga oid masalalar kiritildi.
3. Mustaqil mutolaa bosqichi. Bu bosqichga 3-4-sinf o`quvchilarining badiiy asar mutoalasi bo`yicha dastlabki ikki sinfda egallagan ko`nikma va malakalari asosidagi kitobxonlik madaniyati darajasi, chunonchi, asar mavzusini to`g`ri belgilash, sujet voqealari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlash, adabiy qahramonlarning xatti-harakatiga o`zining shaxsiy munosabatini bildirish, tegishli xulosalar chiqarish, so`z zahirasini boyitish, badiiy asardan olgan taassurotlari asosida og`zaki hikoya tuzish, bayon, insho, taqriz, annotatsiya, tezis kabi yozma ijodiy ishlar yozish bilan bog`liq masalalar kiritildi. Avvalo maktabgacha tarbiya muassasida bolalarda baddiiy asarlarni eshitish ishtiyoqini va undan zavq olish tuyg`ularini uygotish lozim. Bog`cha yoshidagi bolalar xalq og`zaki ijodiga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bunga sabab tevarak-atrofida hayvonlarga, o`simlik, dov-daraxtlarga, meva-chevalarga bo`lgan mehr sabab bo`ladi. Ular ota-onalari, buvi-buvalaridan ertak, topishmoq eshitishni, hayotlarida yuz bergan voqealarni so`zlab berishlarini istaydi, yoqtiradi. Bu borada Hamid Olimjonning esdaliklarini eslash kifoya:Bolalardagi bu ishtiyoqni so`ndirmaslik boshlang`ich sinf o`qituvchilarning zimmasidadir. Boshlang`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish bosqichlarining maqsad va vazifalarini anglagan holda o`qituvchi unga tayyorgalik ko`rishi lozim.O`qituvchi sinfdan tashqari o`qishning qaysi bosqichi uchun reja tuzsa ham, o`quvchilarga mustaqil o`qish uchun tavsiya etadigan asarlarini o`zi o`qib- o`rganishi, mavzusiga ko`ra guruhlashi, miqdorini belgilab olishi va taqvim rejaga kiritishi, asar matnlari ustida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishi, sujeti, kompozitsiyasi, badiiy san`at vositalari, g`oyasi ustida ishlash mazmuni hamda usullarini aniqlab olmog`i zarur. Asar tavsiya qilishda yozuvchining ijodini qunt bilan o`rganishi, tavsiya qilgan asarlarida nimalarga diqqat qaratishlari yuzasidan yo`llanmalar berishi kerak.Boshlang`ich sinf o`quvchilrining yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olinib ajratilgan har bir bosqichning o`z xususiyati mavjudligini ko`rib chiqdik. Bu haqda o`quv dasturida ham, darslikda ham ta`kidlab o`tilgan. Asosiy metodik muammo bu nimani o`qitish kerak va nima uchun aynan shunday o`qitish kerak savollariga javob topishdir.Ishimizning bu faslida yuqoridagi savol mohiyatini ochishga harakat qilamiz.
O`qituvchi darsni tashkil etishda mavzuni aniq belgilash va o`quv materiallarini tayyorlashi lozim.Kuzatishlarimiz bu xususda o`qituvchilar qo`lida hech qanday manba yo`qligini ko`rsatdi. Shuning uchun biz birinchi va ikkinchi bosqich mavzular va o`quv materiallarini ishlab chiqdik. Uchunchi bosqich uchun rejalashtirishni ma`qul deb topdik.
Savod o’rgatish metodlarining qiyosiy tanqidiy tahlili
Rеja:
1. Eski maktabda o’qitish usullari. 2. Tovush mеtodiga asoslangan birinchi darslik. 3. Eski maktablarda yozuvga o’rgatish usullari. 4. Savod o’rgatishda Sh.A. Amonoshvili tavsiyalari. Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat o’qish o’rgatilgan. O’qish xijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga o’rgatitning "xijjai qadimiy" dеb atalgan usuli asrlar davomida hеch qanday o’zgarishsiz davom etib kеlgan.