Ma’lumki, ta’lim jarayonining umumiy va xususiy tomonlari bor. Ta’limning umumiy tomonini umumiy didaktika, xususiy tomonini xususiy didaktika o‘rganadi. Umumiy didaktika o‘qituvchi va o‘quvchi faloyatining o‘zaro ta’sirini o‘rganadi va u barcha o‘quv fanlari uchun aloqadordir. «Ona tili o‘qitish metodikasi» umumiy didaktika bo‘yicha o‘rganilganlarni oydinlashtiradi; ya’ni umumiy didaktikadan o‘rganilgan ta’lim maqsadi, qonuniyatlari, prinsiplari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarining ona tilini o‘qitish jarayonida voqelanishini aniqlaydi. Modomiki shunday ekan, «Ona tili o‘qitish metodikasi»fani didaktikaga tayanib ish ko‘radi. Chunonchi, ona tili o‘qitish prinsiplari yoki metodlari xususida fikr yuritilar ekan, avvalo umumdidaktik prinsiplar va metodlar, keyin xususiy prinsiplar va metodlarga to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining psixologiya bilan aloqasi. Ta’limni tashkil etish, o‘qitish bola psixologiyasi bilan chambarchas bog‘langan. Bu aloqadorlik avvalo o‘quvchining yoshi va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘rganilgan til hodisalarini xotirada tiklash, ularni yangi sharoitda qo‘llash, til hodisalarini qiyoslash yoki ularni o‘xshash va farqli tomonlariga qarab guruhlash, umumlashtirish, hukm va xulosalar chiqarish shaxsning aqliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, xotira, tafakkur, xayol singari individual psixik xususiyatlarga tayanadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning shaxsiy psixik xususiyatlarini bilishi va unga tayanib ish ko‘rishi lozim.