5. Qarama-qarshi qo’yish bilan umumlashtirish: qaldirg’och, chumchuq, bulbul − qushlar, tovuq, xo’roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.) Mantiqiy mashqlar sermazmun bo’lishi, o’quvchilarning tajribasi bilan bog’lanishi, ularni to’g’ri fikrlashga o’rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o’rni bilan boshqa darslarda ham, o’qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi.
Xulosa Har qanday milliy tilning asosiy so'z boyligini, shu tilning tarixan rivojlanishi hamda muayyan lug'atni yaratish chog'idagi turg'un holatini lisoniy tizim va nutqiy faoliyat birligida ifoda qiluvchi katta hajmli filologik lug'atlar ulkan madaniy ahamiyatga molilc ishlar sifatida baholanishga loyiqdir. Shu bilan birga, ularni keng kitobxonlar qo'lidan tushmay, har doim faol qo'llanish muddati esa, abadiy cmas. Chunki tilning eng harakatchan qismi bo'lgan leksikada, hatto sho'ro davrida, turg'unlik yillarida ham, bir tomondan, so'zlarning eskirishi, ikkinchi tomondan, ularning yangilanishiga olib keluvchi jarayonlar to'xtab qolgani yo'q. Ayni holat, ayni jarayonlarni zamonaviy o'zbek leksikografiyasi tarixida ham kuzatishimiz mumkin.
Lug'atlarning muayyan xalq manaviyati va milliy madaniyatida muhim o'rin egallashi isbot talab qilmaydigan holatdir. Ularda jamiyatning rna'lum davrda erishgan bilinilari aks etadi. Lug'atlar ma'lum ijtimoiy vazifalar bajarishi, jumladan, o'quvchiga muayyan hodisa haqida ma'lumot berishi, uni o'z va o'zga tillardagi so'zlar bilan tanishtirishi, tilni, uning lug'at tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam berishi bilan katta ahamiyatga ega bo'lib, doimo zamonaga hamnafas tarzda mukammalashib borishi zarur. Biroq lug'atlar qanchalik zamonaviy, mukammal bo'lmasin, davrdan ma'lum darajada orqada qolib, so'zlar hamda ular ifodalagan narsa va hodisalar o'rtasidagi u yoki bu o'zgarishlar natijasida yuzaga kelgan yangicha munosabatlarni kechikib qayd etadilar. Bu tushunadi va tabiiy hol.
O'zbekiston Resnublikasining mustaqillikka erishuvi bilan til siyosatida jiddiy o'zgarish yuz berib, o'zbek tilining taraqqiyot yo'lida yangi davr boshlandi. Resnublikamiz hayotining barcha sohalarida ro'y bergan katta o'zgarishlar, rivojlangan juda ko'n mamlakatlar bilan aloqalarning tobora kuchayib borayotganligi qisqa vaqt ichida o'zbek tili, xususan, uning leksikasi rivojiga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
Lug'atlarni yaratish jarayoni qanchalik mashaqqatli bo'lmasin, lining natijasi shuncha ahamiyatli bo'ladi.
Ko'zlangan maqsad jihatidan lug'atlar ikki hil bo'ladi: ensiklopedik lug'atlar, lingvistik lug'atlar. Ensiklopedik lug'atlarda fan; texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid tushunchalar izohoanadi.
Lingvistik lug'atlarda lug'at boyligi aks ettiriladi. Bunday lug'ati asosiy maqsad leksema va frazeomalarning semantik mazmunini tavsiflashdir
So'zning biror sohaga oid leksika bilan chegaralanganligi va chegaralanmaganligiga ko'ra lug'atlar ikkiga bo'linadi: umumiy lug'atlar; maxsus lug'atlar.