«Ona tili va õqish savodxonligi «
Har bir õquvchi maktabga qadam qõyar ekan bilamizki,savodxonlik davridayoq «Õqish"
va «Yozish" darslari õtiladi.Biz har bir yosh avlodga eng avvalo, õz õrgatamiz.Boshlanģich ta'limning 4 yilida ham «Ona tili»va «Õqish» darslari õrgatiladi.Lekin bizning ta'lim tizimimizda ham kamchiliklar bor.Masalan,bizning maktablarimizdagi har bir sinfda 25 tadan ortiq hattoki,40 tagacha õquvchilar taxsil olishadi.Darsning davomiyligi esa bor yoģi 45 daqiqani tashkil qiladi.Bu 45 daqiqaning ham 20 yoki 25 daqiqasi tashkiliy qism, õtkan mavzu,uyga vazifani sõrash va uyga vazifani berish bilan õtadi.Qolgan vaqtda esa õqituvchi yangi mavzuni tushuntirishi 2 yoki 3 ta mashq bajarishi va mavzuni mustahkamlash uchun didaktik õyin qòllashi kerak.Endi «Õqish» darslarini olsak,katta-katta matnlar.Tõg'ri bu matnlar 2 yoki 3 darsga mo'ljallangan bo'ladi.Lekin she'r,ertak yoki hikoyani o'qigandan keyin,o'quvchilarga tushuntirish,ular bilan muxokama qilishimiz kerak.Bu ishlarni qilmas ekanmiz ularni o'qiganimizdan nima foyda?Asosiy maqsadimiz ham o'quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish,dunyoqarashini shakllantirish emasmi?Bundan tashqari «Ona tili" kitobidagi berilgan mashqlarning matnlarida «O'qish»kitobi va «Odobnoma»kitobidagi mashqlar takror va takror keladi.Bu o'quvchilarning zerikishiga olib keladi.Bu muammolarga yechim topmost ekanmiz,ta'lim sifatini oshira olmaymiz.Yuqoridagi muammolardan biri sinfda 40ta va unda ortiq o'quvchilar o'qishini olsak.Bu muammoni hal qilish uchun juda ko'p kadrlar,ko'p sinf xonalari kerak bo'ladi.Ya'ni har bir sinfdagi o'quvchilar soni 15 va 20 tadan oshirmaslik kerak bo'ladi.Kadrlar muammo bo'lmasligi mumkin chunki,yildan yilga OTM larga kirish kvotalari ko'paymoqda, lekin sinf xonalarichi bu uchun maktablarni qayta qurishimiz kerakmi?
Shu kabi muammolarni hal qilish «Ona tili va O'qish savodxonligi»fanini joriy etish to'g'risidagi takliflar kiritildi.''Yangi fan nima ham qilib bera olardi?'' deyishingiz mumkin Yangi fan degani yangi darslik,yangicha uslub,yangi metodlar demakdir.Bu fan asosida yaratilgan darslikda she'r,ertak,hikoyalar o'qish darslari uchun bo'lsa,shu matnlar ustida mashq bajarilishi ona tili darsi uchun mo'ljallangan bo'ladi.Ikkita fan ya'ni ''Ona tili'' va ''O'qish" fanlariga o'rniga bitta fan joriy qilinsa ham dars soatlari qisqarmaydi.Bu esa yuqorida ta'kidlab o'tgan muammoni hal qila oladi deb o'ylayman.Bu sharoitda o'qituvchi har bir o'quvchi bilan individual shug'ullanadi va albatta,o'qish samaradorligini oshiradi.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki,yangi O'zbekistonni qurishimiz uchun avvalo ta'lim tizimimizni yangilashimiz,yangi g'oyalar kiritishimiz,yangi isloxotlar o'tkazishimiz kerak.Zero,hozirgi shiddat bilan o'zgarib borayotgan zamora bunday isloxotlar,o'zgarishlar qilmas ekanmiz hech qanday yutuqlarga erisha olmaymiz.
Dostları ilə paylaş: |