Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi Reja


Unli fonemalar tasnifi jadvali



Yüklə 33,63 Kb.
səhifə3/10
tarix04.08.2023
ölçüsü33,63 Kb.
#138583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi

Unli fonemalar tasnifi jadvali:

Lablarning ishtirokiga ko‘ra


Tilning gorizontal harakatiga ko‘ra


Tilning vertikal harakatiga ko‘ra


Old qator


Orqa qator





Yuqori tor unlilar




i


Lablanmagan






u

Lablangan


O‘rta (keng) unlilar




e


Lablanmagan






o‘

Lablangan


Quyi (keng) unlilar




a


Lablanmagan






o

Lablangan




Ayrim unli fonemalar tavsifi
I unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (ipak), so‘z o‘rtasida (tilak) va so‘z oxirida (tulki) keladi.
2) so‘z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira.
3) k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‘irot, oxir.
4) cho‘ziq varianti bor: muhim, musiqa.
5) e(e) tovushiga moyil varianti bor: mix-mex,
U unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (urmoq), so‘z o‘rtasida (tugun) va so‘z oxirida (urg‘u) keladi.
2) til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;
3) qulf, g‘ulg‘ula, tuxum so‘zlarida esa til orqa varianti qo‘llangan.
4) i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya’ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, tutun kabi.
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida, so‘zning birinchi bo‘g‘inida keladi: eshik, elak, e’tibor, kel, bet kabi.
2) jonli nutqda sheva ta’sirida i tovushiga moyillashadi: deydi – diydi.
3) o‘g‘uz shevalarida a tovushiga o‘tish holati ham mavjud: eshik – ashik, deb – dab, kel – gal kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi.
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (ari), o‘rtasida (daftar) va so‘z oxirida (qora) keladi.
2) q, x, g‘ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: qaxr, g‘azab, xabar.
3) ba’zi so‘zlarda sheva ta’sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi.
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi.
O‘ unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) sodda so‘zlarning asosan birinchi bo‘g‘inida uchraydi: o‘g‘il, bo‘ri, to‘g‘ri, o‘rin, bo‘yin.
2) o‘zlashma so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida ham keladi: ro‘baro‘, xushro‘y, gulro‘, kubok, (kubo‘k).
3) til oldi varianti ham bor: o‘rik, ko‘l, cho‘l.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 24 ta undosh fonema bo‘lib, bular b, d, f, g, h, j (jurnal, vijdon kabi so‘zlardagi birinchi va ikkinchi undosh), dj (jumla, joy kabi so‘zlaridagi birinchi undosh), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng fonemalaridir. Undosh fonemalar tizimi tilshunoslikda konsonantizm (ingl. undosh degan ma’noni ifodalaydi1) deb ham yuritiladi. Undosh fonemalar ham uch tomondan tasnif qilinadi:

1) hosil bo‘lish (artikulyatsiya) o‘rniga ko‘ra;

2) hosil bo‘lish (artikulyatsiya) usuliga ko‘ra;

3) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra.

Hosil bo‘lish (artikulyatsiya) o‘rniga ko‘ra undoshlar uch guruhga bo‘linadi:

1) lab undoshlari;

2) til undoshlari;

3) bo‘g‘iz undoshi.


Yüklə 33,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin