Ongning tuzilishi va vazifalari


Inson ongining rivojlanishi



Yüklə 211,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.03.2022
ölçüsü211,69 Kb.
#54353
1   2   3
Ongning taraqqqiyoti

Inson ongining rivojlanishi

 

Inson psixikasi bilan eng 



yuksak taraqqiy etgan 

hayvon psixikasi o`rtasida 

katta farq bor. Hayvonlar 

“tili” bilan inson tilini 




hech (qanday) bir jihatdan taqqoslab bo`lmaydi. Hayvon 

o`z to`dasidagi boshqa o`ziga o`xshash hayvonlarga ayni 

choqdagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar 

haqida faqatgina signal berolsa, inson til yordami bilan 

boshqa odamlarga o`tgan, hozirgi va kelgusi zamondagi 

narsalar haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajriba 

o`tkazishi mumkin. Hayvon va odam tafakkurining bir - 

biridan farq qilishi ular tili o`rtasidagi farqqa bog`liqdir. 

Inson abstrakt tafakkurga - hayvon esa amaliy tafakkurga 

ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish 

ko`rish qobiliyatiga ega. 

 Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni 

ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret 

vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni 

boshqa 

narsalardan farqlab

, qurol sifatida ajratmaydi va uni 

keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo`ymaydi. Biron 

vaziyatda qurol o`z rolini o`tab bo`lgach, shu zahotiyok, 

hayvon uchun qurollik sifatini yo`qotadi. Odam ilgaridan 

o`ylab qo`yilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli 

maqsadlarda foydalanadi, hamda uni saqlab qo`yadi. 




Odam nisbatan doimiy buyumlar olamida yashaydi. Odam 

quroldan foydalanish tajribasini boshqalardan o`rganadi va 

o`zi bu tajribani boshqalarga o`rgatadi. Odam psixik 

faoliyatining hayvonlar psixikasidan uchinchi farqi shuki, 

inson o`zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi. 

Odam bilan hayvon o`rtasidagi to`rtinchi, g`oyat muhim 

farq hissiyoti o`rtasidagi farqdir. Rivojlanish sharoitlarining 

turlicha bo`lishi odam psixikasining hayvon psixikasidan 

ajratuvchi muhim farqlardan hisoblanadi. Agar odam 

insoniyat tajribasini o`zlashtirmas ekan, o`ziga o`xshagan 

odamlar bilan munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida 

tarkib topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga asosiy omil 

mehnat faoliyati bo`lgan, ya`ni odamlarning birgalikda 

qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo`lgan. 

Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta`sir 

qiladi, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi esa mehnat 

faoliyatining takomillashuviga ta`sir ko`rsatadi. Inson ongi 

mehnatda rivojlanadi. Inson ongi evolyutsion taraqqiyot 

jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli sifatida 

maydonga kelib, ong tufayli odam moddiy dunyodagi 

narsalarning ob`ektiv barqaror xususiyatlarini ajrata oladi 

va shu asosda tevarak -atrofdagi voqelikni o`zgartira oladi. 

Demak, inson psixikasini - ong deb atash mumkin.


Yüklə 211,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin