Import tovarlari – mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, metallar, kimyoviy moddalar
Asosiy import hamkorlari
Rossiya - 18.81%
Turkiya - 15.8%
Xitoy - 14.35%
Germaniya - 4.56%
Turkmaniston - 3.51%
Ozarbayjonga jo`natilgan tovar va xizmatlar (eksport)
O`zbekiston Respublikasi Ozarbayjon davlatiga uzoq yillardan beri tovar va xizmatlarni eksport qilib kelmoqda.(Ozarbayjon Davlat kodi 031) Bu aloqalar yildan yilga o`sib borgani tufayli 2021-yilga kelib ularga 75 997,0 ming AQSH dollari miqdorida ekport amalga oshirganmiz. Bu ko`rsatkich 2020 yilga nisbatan(54 227,7 ming AQSH dollari) sezilarli darajada ko`tarilgan. Ammo mustaqillikdan so`ng bu natija eng yaxshisi emas.
2004-yilda 147 060,2 ming AQSH dollari, 2005-yilda 129 057,3 ming AQSH dollari miqdorda eksportni amalga oshirganmiz.
Eng past ko`rsatkichimiz esa 2000-yil 3 563,7 ming AQSH dollarini tashkil etgan.
Ozarbayjondan olingan Tovar va xizmatlar (import)
O`zbekiston Respublikasi Ozarbayjonga eksportdan tashqari import ham uzoq yillar mobaynida do`stona aloqalar o`rnatib kelgan.
2021-yilda 42 901,8 ming AQSH dollari miqdorida bu davlatdan Tovar va xizmatlarni import qilib olib kelgan. Bu ko`rsatgich 2020-yilga nisbatan(29 528,3 ming AQSH dollari) 45.29 % o`sgan.
2021-yilgi import miqdorimiz mustaqillik davridan beri rekord natijamiz hisoblanadi.
Import miqdorimizning eng past ko`rsatkichi esa 2003-yili 3 860,4 ming AQSH dollarini tashkil etgan.