Ona tilidan tv da ” So’z tarkibi ” nomli mavzu o’tildi. Berilgan topshiriqlar asosida yangi mavzu tushuntirildi. Darslikdagi 369-370- mashqlar yuzasidan qo’shimcha tushunchalar berdim.
369-mashqda matn ichidagi faqat ega va kesimlarni yozish topshirig’i berildi. Bolalarga metodik yordam berdim:Kanal to’ldi. Suv chiqdi. Suvchi sug’oradi. Giyoh unmaydi.
Uyga vazifa qilib 371-mashq berildi. Mashqning bajarilishini o`quvchilarga daftarga yozib, rasmini ijtimoiy tarmoq orqali yuborib tushuntirib berdim. O`quvchilar mening tavsiyalarim asosida mashqni bajarishdi va uy vazifalarini menga yuborishgach, xatolar ustida ishladim. Barcha o’quvchilarni baholab chiqdim.
O`qishdan berilgan mavzu yaxshi yoritildi. “Dog’da qolgan qarg’a” matnini ovozli xabar orqali ifodali o`qishni ko`rsatib berdim. Uyga vazifa qilib, matnni ifodali o’qish va savollarga javob hamda qarg’aning gaplarini ko’chirib yozishni berdim. O`quvchilar berilgan topshiriqlarni qiziqish bilan tayyorlashdi va baholanishdi.
Dostları ilə paylaş: |