Ona tilidan tv da o’tilgan mavzular mustahkamlandi. Berilgan topshiriqlar asosida yangi mavzu tushuntirildi. Darslikdagi 355-356- mashqlar yuzasidan qo’shimcha tushunchalar berdim.
Uyga vazifa qilib 357-mashq berildi. Mashqning bajarilishini o`quvchilarga daftarga yozib, rasmini ijtimoiy tarmoq orqali yuborib tushuntirib berdim. O`quvchilar mening tavsiyalarim asosida mashqni bajarishdi va uy vazifalarini menga yuborishgach, xatolar ustida ishladim. Barcha o’quvchilarni baholab chiqdim.
O`qishdan berilgan mavzu yaxshi yoritildi. “Anbe va Ranbe” mavzusini ovozli xabar orqali ifodali o`qishni ko`rsatib berdim. Uyga vazifa qilib, matnni ifodali o’qish va savollarga javob yozishni berdim. O`quvchilar berilgantopshiriqlarni qiziqish bilan tayyorlashdi va baholanishdi.
Dostları ilə paylaş: |