Ona tilidan tv da Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari mavzusi o’tildi. Berilgan topshiriqlar asosida yangi mavzu tushuntirildi. Darslikdagi 361-362- mashqlar yuzasidan qo’shimcha tushunchalar berdim.
Uyga vazifa qilib 363-mashq berildi. Mashqning bajarilishini o`quvchilarga ijtimoiy tarmoq orqali yuborib tushuntirib berdim. O`quvchilar mening tavsiyalarim asosida mashqni bajarishdi va uy vazifalarini menga yuborishgach, xatolar ustida ishladim. Barcha o’quvchilarni baholab chiqdim.
O`qishdan berilgan mavzu yaxshi yoritildi. “Bahs” she’rini ovozli xabar orqali ifodali o`qishni ko`rsatib berdim. O’quvchilar bilimini mustahkamlash uchun test ustida ishladim. Uyga vazifa qilib, matnni ifodali o’qish va savollarga javob yozishni berdim. O`quvchilar berilgan topshiriqlarni qiziqish bilan tayyorlashdi va baholanishdi.