Darsning rejasi: 1.Tashkiliy qism 5-daqiqa 2.O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob 7-daqiqa. 3. Yangi mavzu bayoni 15 -daqiqa 4. Mustahkamlash 8-daqiqa (“Xotira mashqi”, “Aqliy xujum”,“Diqqatni jamlash”, “Aqlni charxlash”, “O`yla, izla, top” ) 5.O`quvchilar bilimini baholash 3-daqiqa 6. Uyga vazifa 2-daqiqa 7. Xulosa
Tashkiliy qism:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashildi. Davomat olindi.Uyga vazifa so’raldi. Kunning voqealari so’raldi. 9- fevral Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topganligini 532 yilligini nishonlash to’g’risida aytib o’tildi. O’quvchilar g’azal va ruboiylar aytishdi. Zahiriddin Muhammad Boburning “ Boburnoma “ asarida turli yurtlarning o’lchov birliklari keltirilgan . Masalan , uzunlik o’lchov birliklari sifatida qadam ( taqriban 70-75 sm), qarich( 19-22sm), quloch (166-170) ,barmoq (2 sm) ,tirsak (50-80 sm), gaz (70 sm), chaqirim (900 m ), yig’och (8km ) , qari (55sm) va musht (8sm ) kabilar ishlatilgan . Massani o’lchash uchun misqol (4 g), Qadoq (410 g), pud (16 kg 380 g ), botmon (163 kg 800 g ) kabi o’lchov birliklari qo’llanilgan.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
“Qoidani to’g’ri ayt” o’yini Natural son deb-………… Kesma deb-………… Nur deb-……. Harfiy ifoda deb-…… Tenglama deb-………… (a+b)*c=a*c+b*c -……….. Formula deb-…………. To’g’ri to’rtburchak yuzi-….. To’g’ri burchakli parallelepiped uchi, qirrasi, yog’i-………… Kub sirtining yuzi- ……… Kubning hajmi-……… To’g’ri kasr deb-….. Noto’g’ri kasr deb-………. O’nli kasr deb -….. YANGI MAVZU BAYONI
O’nli kasrlarni taqqoslash Agar o’nli kasrning o’ng tomanida turgan nol olib tashlansa yoki kasrning o’ng tomoniga nollar yozilsa berilgan kasrga teng kasr hosil bo’ladi.