O’nlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o’tish. 10 lik sanoq sistemadan boshqa sanoq sistemalrga o’tish 10 li sanoq sistemadan ixtiyoriy boshqa n sanoq sistemaga o’tish uchun:
- 10 lik sanoq sistemadagi berilgan son n soniga burchakli bo’lish usulida bo’linadi va qoldiq yozib olinadi.
- keyingi qadamda hosil bo’lgan bo’linma yana n soniga bo’linadi,
- bunda bo’lish bo’linma n sonidan kichik bo’lguniga qadar davom ettiriladi.
- hosil bo’lgan bo’linma va qoldiqlar ohiridan boshga qarab (pastdan tepaga qarab) yozib olinadi.
- bu son biz izlagan javob bo’ladi!