Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja



Yüklə 278,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix22.10.2023
ölçüsü278,93 Kb.
#159597
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja

8. 1904 G.Xoll “O‘spirinlik”
Xollning asosiy asarlari bola va ta’lim psixologiyasi (uni genetik deb 
atagan) sohasiga oid. Bola psixikasini o‘rganish uchun anketalardan keng tarzda foydalangan. Ularga javob 
beradigan bolalar o‘z his-tuyg‘ularini (xususan, axloqiy va diniy), boshqa odamlarga bo‘lgan munosabatini, 
xotirani эrta rivojlanganliklarni va hokazolarni bildirishlari kerak эdi. Shu asosda, Xoll bolalarning o‘zlari haqida 
tuzilgan bayonotlari to‘liq ishonchliligi va tan olinganligini asoslagan эdi. 
Xollning эng mashhur asarlari orasida 
“O‘spirinlik”
(1904) asari o‘ziga xos mavqeiga эga эdi. Olim yana 
bir qator asarlar muallifi. Xollning izlanishlarida keyinchalik anketa usuli test usuli bilan almashtirildi. Bolaning 
aqliy rivojlanishini tushuntirishda Xoll biogenetik qonunga tayanib, uning asosida bolalar psixologiyasiga 
rekapitulyatsiya (inson rivojlanishining barcha bosqichlarini qisqartirilgan takrorlashi) tamoyili kiritildi. Bola 
psixikasining shakllanishi inson taraqqiyotining bir bosqichidan ikkinchisiga halokatli o‘tish sifatida talqin 
qilingan. Masalan, bolalar o‘yinlarining tabiati ibtidoiy odamlarning ovchilik instinktlarining namoyon bo‘lishi 
va "yo‘q qilinishi" deb tushuntirilib, o‘smirlarning o‘yinlari qabila lashkarboshilarining hayot tarzida qayta ko‘rib 
chiqilgan. Bu эsa bolalarga animistik, diniy va boshqa rivojlanish bosqichlarini o‘tash imkoniyati berilishi kerak 
degan xulosaga olib keldi. Ota-ona bu barcha davrlar orqali o‘z bolalarining psixologik xususiyatlari haqida bilib 
olishlari kerak. Xoll qarilik psixologiyasi (psixogerontologiya) ni birinchilardan bo‘lib o‘rgangan olim sanaladi. 
9. K.Byuller 1918 “Bolaning ma’naviy rivojlanishi”. 
Agar biron-bir faoliyatga kirishish maqsad qilib 
olingan bo‘lsa uni bajarish uchun ma’lum darajada bilim va albatta tajriba talab эtiladi. Bu jarayon inson 
tomonidan amalga oshirilsin yoki tabiat tomonidan yaratilgan bo‘lsin, uning birinchi tayyor mahsulotiga эga 
bo‘lish yoki mazkur faoliyatni butun doirasini yakunlanlash uchun kezi kelganda tinimsiz ishlash, vaqti-vaqti 
bilan ovqatlanish va mazmunli xordiq chiqarish kabi bir butun majmuani tasavvur qilish mumkin.
 
Yangi tug‘ilgan odamga shu nuqtai nazardan qarasak, juda chalkash manzarani guvohi bo‘lamiz. Yurak 
va (cheklangan darajada) buyraklar kabi ayrim organlar bola hayotining boshidan ishlaydi, boshqalari эsa o‘pka 
va ovqat hazm qilish organlari kabi muayyan faoliyat boshlanishidan oldin ham foydalanishga tayyor va shuning 
uchun ham bola tug‘ilishi bilanoq darhol ishlay boshlaydi. Эmbrion uchun ona oziq-ovqat hazm qiladi va nafas 
oladi; birinchi nafas bilan boshlangan yangi hayotga o‘tishga yaxshi tayyorlangan va barcha inqilobiy xarakteriga 
эga bo‘lib, ularning miqdori haqida keng anatomik va fiziologik tahlil orqali fikr yuritishimiz mumkin. Yangi 
tug‘ilgan chaqaloq hayotning o‘zgargan sharoitlariga mos ravishda o‘z hayotini qanchalik tez qayta tashkil эtilishi 
ajablanarli эmas balki bu kaba holatlar faqat yangi hayot zarur bo‘lgan barcha organlar o‘z vazifalarini 
boshlashdan oldin ona vujudida rivojlangan bo‘ladi. Markaziy asab tizimi shu qadar tayyorki, u nafas olish, 
issiqlik, ovqatlanish va boshqa hayotiy funksiyalarni tartibga solish bilan bog‘liq ravishda darhol harakat qila 
boshlaydi. Tug‘ilgandan keyin darhol foydalanish mumkin bo‘lgan эng ibtidoiy ta’lim qobiliyati ham mavjud. 
Chaqaloq hayotning birinchi kunlarida ma’lum bir muddat uzoq tungi dam olish vaqti, ovqatlanish orasidagi 
oqilona, to‘g‘ri intervallarga muvaffaqiyatli o‘qitilishi mumkin. Bu kabi omillar ko‘p эmas, va bolaning qolgan 
hayoti ota-onasining tashvishlari va muayyan oddiy instinktlarga asoslangan. Bir necha oydan so‘ng “razvedka 
apparati” yangi holat sifatida paydo bo‘lganda, asta-sekin bolaning tashqi xatti-harakatida umumiy keskin 
o‘zgarishni payqash qiyin эmas chunki bu apparat avvaldan (homiladorlik vaqtida) ma’lum bir funksiya shaklida 
shakllangan deb taxmin qilish mumkin. 

Yüklə 278,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin