ONTOGENEZ PSIXOLOGIYASIGA YANGICHA YONDOSHUV.
Reja:
1.1.
Ontogenez psixologiyasi fanining umumiy asoslari.
1.2. Ontogenez psixologiyasi fanining rivojlanish tarixi.
1.3. Ontogenez psixologiyasining mustaqil fan sifatida taraqqiy эtishiga sabab bo‘lgan omillar.
1.4. Ontogenez psixologiyasi fanining prinsiplari.
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar:
Ontogenez, filogenez, psixik taraqqiyot, yosh davrlari, ontogenez psixologiyasi, amaliy vazifalar, maxsus
tarmoqlar, ta’lim-tarbiya, xulq-atvor, psixologik portret,
rivojlanish, tavsifiy funksiya,
tushuntirish funksiyasi,
predikativ funksiya, korreksion funksiya.
1.1.
Ontogenez psixologiyasi fanining umumiy asoslari.
Inson tug‘ilishining ilk kunlaridanoq tashqi muhitdan: odamlardan, narsalardan, voqealardan va hayotiy
vaziyatlardan keladigan katta hajmdagi axborotlarni qamrab olish jarayoni ma’lumotlarni
sekin astalik bilan
o‘zlashtirishdan boshlanadi. Inson jismoniy rivojlana boshlashi bilan bir qatorda uning psixikasi va shaxsi ham
shakllanadi. Vaholangki bu shaxs qanday qilib kamol topadi degan savolga to‘g‘ri javob berish ancha mushkil
ish. Ammo inson taraqqiyoti nima эkanligini anglay boshlasangiz, bu murakkab jarayonning o‘z qonuniyatlari
borligiga guvoh bo‘lasiz va shu sababli psixologiyadagi эng muhim tarmoqlaridan birini ontogenez psixologiyasi
deb atash mumkin.
Ontogenezda psixik taraqqiyot muammosi va tarixiy taraqqiyotda ongdagi sifat o‘zgarishlar
psixologiyadagi an’anaviy mavzu sanaladi.
Barcha psixologlar uchun umumiy bo‘lgan holat ontogenezda psixika, ong,
shaxsning shakllanishini
jamiyat tomonidan faol, maqsadli ta’sirlanish sharoitida ro‘y beradigan ijtimoiy jarayonlar sifatida tushunishdir.
Ontogenez - (yunoncha,. ontos-mavjud, jon, zot; genezis- tug‘ilishi,
kelib chiqish, paydo bo‘lish) -
individning paydo bo‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonidir.
Ontogenez psixologiyasi - inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu
taraqqiyotning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir.
Ontogenez psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o‘quvchilar, kattalar,
эrkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tug‘ilganidan to umrining oxirigacha
psixik rivojlanish jarayonini,
shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Ontogenez
psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hokazolar) rivojlanishining
o‘ziga
xos xususiyatlarini, uning har
xil faoliyatini (o‘yin, o‘qish, mehnat kabilar),
эr va ayolning jinsiy
tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqik qiladi.
Inson psixikasining
rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma’lumotlarni to‘plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga
kiradi. Bolaning tug‘ilishidan to voyaga yetgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi
bo‘lgunicha ulg‘ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash
va sharhlash ontogenez psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Bola jamiyatning a’zosi,
mukammal shaxs
sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar эkan, uning butun bilish jarayonlari, o‘ziga