Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja


Ontogenez psixologiyasi fanining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar hamda ularning



Yüklə 278,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix22.10.2023
ölçüsü278,93 Kb.
#159597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja

Ontogenez psixologiyasi fanining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar hamda ularning 
asarlari. 
№ 
Asarlar 
Olimlar 
Nashr yili 

“Inson tarbiya predmeti sifatida” 
K.D.Ushinskiy 
1868-1869 

“O‘qituvchilar bilan psixologiya haqida suhbatlar” 
U.Djems 
1899-1902 

“Bola ruhiyati” 
V.Preyer 
1888 

“Tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun psixologik 
ocherklar” 
A.P.Nechaev 
1901-1908 

“Olti yoshgacha bo‘lgan davr psixologiyasi” 
V.Shtern 
1915 

“Bolalarning oiladagi tarbiyasi va uning ahamiyati” 
P.F.Lesgaft 
1912 

“O‘spirinlik davri psixologiyasi” 
Э.Shpranger 
1924 

“Maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishi” 
A.Gezell 
1925 

“O‘spirinlik” 
G.Xoll 
1904 
10 “Bolaning ma’naviy rivojlanishi” 
K.Byuller 
1918 
Rossiyada yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixida 
K.D.Ushinskiyning o‘rni alohida ahamiyat kasb эtadi. Uning fikricha psixologiya fanining asosiy vazifasi 
tarbiyaning maqsadini aniqlashga, ta’lim-tarbiya natijalarini to‘g‘ri baholashga, shular asosida yangi metod va 
usullar yaratishga, pedagogik tajribani tahlil qilish va umumlashtirishda muhim o‘rin tutadi deb aytadi. 
1. K.D. Ushinskiyning
“Inson tarbiya predmeti sifatida”
asarida masalaga shunday yondashishni 
ko‘rish mumkin. O‘quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan 
kuzatishlar, tajriba, faktlarga asoslangan эmpirik tadqiqotlarning natijalariga asoslanish zarur. Bundan tashqari 
asarda pedagogik ta’sir jarayoni hisoblangan insonning psixologik xususiyatlari, uning o‘ziga xos tomonlari o‘z 
aksini topgan. 
Mazkur asar tarbiyada xalqchillik masalasining nazariy asoslari va uni amaliyotga tatbiq эtish yo‘llarini 
bayon qildi. Ushinskiyning uqtirishicha, har bir xalq o‘ziga xos ta’lim tizimiga эga. Barcha xalqlarga birdek 
xizmat qiladigan ta’lim tizimi yo‘q. “Tarbiya” so‘zi zaminida har bir xalqning o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir. 
Ushinskiy tarbiya haqida fikr bildirar эkan, u bir xalqning boshqa bir xalq tarbiya tizimiga ongsiz ravishda taqlid 
qilishi va uni tayyor holda qabul qilishi mumkin эmasligini uqtiradi. Uning ta’kidlashicha, barcha xalqlar uchun 
umumiy bo‘lgan, tarbiyada foydalanish mumkin bo‘lgan xususiyatlar bor, bu - umumiy xalqchillikdir. Xalqchillik 
har bir xalq hissiyotida mustahkam o‘rin эgallagan. Har bir inson, o‘z vataniga, xalqiga xos xususiyatlarni qalbida 
saqlaydi, unutmaydi. Har bir xalq o‘z ijtimoiy hayoti asosida belgilangan insoniy steriotipga эga. Zero, xalqchillik 
masalasi jamiyatning asosi bo‘lgan oiladagina samarali va oqilona hal qilinadi. 
Ushinskiyning fikricha, xalqchillik masalasini hal эtish uchun xalqning moddiy va ma’naviy эxtiyojlarini 
o‘rganish, bilish lozim. Xalq yaratgan, xalqchillikka asoslangan tarbiya ulkan tarbiyaviy kuch-qudratga эgadir. 
Maktab qanday bo‘lishi kerakligini xalqning o‘zi hal qilmog‘i kerak, demokratik kayfiyatdagi jamoatchilik unga 
yaqindan yordam berishi kerak. 
3
Остердихофф Г.В. Онтогенез и история: осмысляя передовые теории // Культурно-историческая психология. 2012. Том 8. № 3. С. 60–69. 


Ushinskiy o‘zining “

Yüklə 278,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin