Rivojlanish falsafasi REJA:
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolYusiyasi. Rivojlanish konsepsiyalari.
Qonun tushunchasi va uning turlari. Falsafaning asosiy qonunlari.
Kategoriya gushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: dialektika, bahslashish, munozara, Geraklit, ob’ektiv va sub’ektiv dialektika, qonun, qonuniyat, rivojlanish, progress, regress, qarama-qarshilik, kurash, ziddiyat, ayniyat va tafovut, sifat, miqdor, me’yor, sakrash, inkorni-inkor, kategoriya, alohidalik, xususiylik va umumiylik, sistema, struktura, element, butun va qism, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, mohiyat va hodisa, sabab va oqibat.
«Dialektika» (Yunon. dialektike – suhbat qurish san’ati) so‘zining
«dialog» (Yunon. dialogos – ikki yoki bir nechta suhbatdoshlar so‘zlashuvi) so‘zi bilan umumiy jihatlari bisyor.
Dastlab dialektika bahslashish, munozara qilish san’ati sifatida tushunilgan, bunda fikrlar, qarashlar qarama-qarshiligi vositasida haqiqatning tagiga etish maqsadida muammoni o‘zaro manfaatdor muhokama qilishga qaratilgan munozara nazarda tutilgan. Dialektik – bu savol berish va javob qaytarishga usta odam, deb hisoblangan.
Geraklit dunyoni «jonli olov» yoki «ikki marta kirish» mumkin bo‘lmagan daryo oqimi sifatida tasavvur qilgan. Harakatchan dunyoda vaqt o‘tishi bilan hamma narsa o‘zining dastlabki shakl-shamoyilini yo‘qotadi va asta-sekin o‘zining qarama-qarshiligiga o‘tadi: ho‘l
narsa quriydi, quruq narsa esa nam tortadi; bir narsa boshqa narsaga: sovuq issiqqa, tirik o‘likka o‘tadi. Bu mulohazalarda hozirgi talqindagi dialektikaning asoslari mujassamlashgan. SHu sababli dialektikaning tarixan
birinchi shakli qadimgi faylasuflarning stixiyali dialektikasidir.
O‘rta asrlarda metafizika falsafadan dialektikani siqib chiqargan. Natijada dialektika odamlar ongiga diniy dunyoqarashni singdirish va mustahkamlash uchun hukmron sinflar faol foydalangan sofistika va sxolastikaga aylangan. Metafizika unsurlarini o‘z ichga olgan dialektikaga qaytish YAngi davr falsafasi (Rene Dekart, Benedikt Spinoza, Deni Didro va b.) da Yuz bergan. SHunga qaramay dialektikaning eng yaxlit konsepsiyasini klassik nemis falsafasida
Georg Gegel ta’riflagan. Bu konsepsiya
dialektikaning ikkinchi shakli deb ataladi. Gegel ilk bor dunyoni quyidan oliyga qarab boruvchi umumiy rivojlanish jarayoni sifatida tasvirlagan, rivojlanish manbai - qarama-qarshiliklar kurashini ko‘rsatib bergan, dialektikaning asosiy qonunlari va kategoriyalarini ta’riflagan. Ammo Gegel dialektikasi idealistik xususiyat kasb etgan. Dialektikaning ikkinchi tarixiy shakli idealistik dialektikaning asosini ob’ektiv borliq emas, balki uni aks ettiruvchi tafakkur xizmat qilgan.