5. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishga doir muammoli vaziyatlar. Quyidagi muammoli vaziyatlar bilan tanishing va ularning yechimini toping.
1-muammoli vaziyat. Siz ishlaydigan kollejdagi bir nechta o‘quvchiga o‘zingiz o‘tayotgan fandan 1-semestr bo‘yicha baho qo‘ymadingiz. Biroq o‘quv yili yakunida jurnalda mazkur o‘quvchilarga baho qo‘yilganining guvohi bo‘ldingiz. Siz o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga uchrashdingiz. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularga bahoni guruh rahbari qo‘yib yuborganini aytdi. Mazkur vaziyatda siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
2-muammoli vaziyat. Geografiya darsiga har doim tayyor bo‘lib keladigan Sunnatni o‘qituvchi doskaga chaqirdi. Biroq u tayyor emasligini aytdi. O‘qituvchi unga ikki baho qo‘ydi. Sunnat indamasdan joyiga o‘tirdi. Sunnatning uch kun oldin buvisi vafot etgan edi, shuning uchun u darsga tayyorlana olmagan edi. Siz sababini bilgan va bilmagan holatda tutishingiz mumkin bo‘lgan vaziyatni sharhlang.
1. O‘qituvchi to‘g‘ri ish qilgan deb o‘ylaysizmi?
2.O‘qituvchi ta’lim olganlikni tashxislashning qaysi tamoyillarini buzgan?
3. O‘qituvchining o‘quvchilarni o‘quv faoliyatini bunday nazorat qilishi ularning bilim olishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi?
6. Mavzuga oid 10 ta test tuzing. IV. Kichik dars o’tish. (Dars talaba tomonidan o’tiladi va unga 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Dars o’tilgach, o’qituvchi va talabalar tomonidan tahlil qilinadi). XULOSA VA MULOHAZALAR: Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot yozing, unda mashg’ulot davomida bajarilgan topshiriqlar yuzasidan atroflicha (hаr bir mashqqa alohida kengaytirilgan mazmunda) yoritilgan tavsifi va o’z xulosa va mulohazalaringizni aks ettiring.
(Mashg’ulotga xulosa yasashdan oldin, maqsadga qay darajada erishilganligi tahlil etiladi. Talabalar tomonidan yoritilmay qolgan yoki to’la ochilmagan masalalarga yana bir bor to’xtalib o’tiladi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi).