4-SEMINAR MASHG’ULOT ISHNING AMALGA OSHIRISH REJASI, TARTIBI VA TUZILISHI: Reja: Ta’lim jarayoni haqida tushuncha. Ta’lim jarayoni yagona tizim sifatida.
Ta’lim funksiyalari. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining bosqichlari.
“Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonini tashkil etish shartlari” mavzusida tavsiyanoma tayyorlash.
Ta’lim jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari.
ISHNING BAJARILISH TARTIBI: Mashg‘ulotning tuzilishi, maqsadi, pedagog`ik vazifalari va o‘quv faoliyati natijalarini aniqlash..
Nazariy ma’lumotlar to’plash.
Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar bajarish.
Mavzuga oid testlar ishlab chiqish.
Kichik dars o’tish.
Talabalarni mashg‘ulot bo‘yicha baholash mezonlarini ishlab chiqish.
Mashg‘ulot topshiriqlari (uy vazifasi uchun) berish.
ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI: Mashg‘ulotning tuzilishi, maqsadi, pedagogik vazifalari va o‘quv faoliyati natnjalari SEMINAR mashg‘ulotining tuzilishi: 1. Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida o‘rganish va tahlil etish.
2.«Qonun», «qonuniyat», «tamoyil», «qoida» tushunchalarining ta’rifini bilib olishadi.
3. Ta’limning umumiy va xusuisiy qonuniyatlarini o‘zlashtiradilar.
4.Ta’limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillarining ta’lim qonuniyatlari bilan aloqadorligi haqida xulosalar chiqaradilar.
Seminar mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarning ta’lim jarayoni, uning qonuniyatlari va tamoyillariga doir nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda ularda ta’lim qonuniyatlari va tamoyillaridan foydalanish ko‘nikma va malakalarni tarkib topdirish.