Onuniyatlari va tamoyillari 4-seminar mashg’ulot ishning amalga oshirish rejasi, tartibi va tuzilishi: Reja


Ta’lim qonuniyatlarini o‘zlashtirishga doir topshiriqlar



Yüklə 427,16 Kb.
səhifə5/26
tarix05.12.2023
ölçüsü427,16 Kb.
#173357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
4-seminar

4. Ta’lim qonuniyatlarini o‘zlashtirishga doir topshiriqlar:
1-topshiriq. Ta'limning umumiy qonuniyatlariga doir topshiriqlar
1.1.Quyidagilar orasidan ta’lim maqsadini belgilovchi qonuniyatlarni aniqlang.
1) jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; 2) ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; 3) o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 4) jamiyatning talablari va imkoniyatlari; 5) o‘quvchilarntng yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari; 6) pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari
1.2. Quyidagi qonuniyatlarni ta’lim jarayonining qaysi tarkibiy qismiga tegishli deb hisoblaysiz?
1) avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; 2) o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 3) o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish; 4) o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
1.3. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagi qaysi qonuniyatlarni hisobga olish bilan bog‘liq?
1) ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korreksiyaga; 2) ta’limning ichki rag‘batlariga; 3) ta’lim maqsadiga; 4) o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; 5) ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga.
1.4.Quyidagi qonuniyatlaridan qaysilari ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qiladi?
1) o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 2) ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi; 3) ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; 4) avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar.
1.5. Ta’lim mazmunini belgilashda qaysi qonununiyatlarga amal qilish lozim?
1) ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; 2) o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 3) ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; 4) o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari; 4) ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korreksiya; 5) ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi.
2. Ta’limning xususiy qonuniyatlariga doir topshiriqlar:
Quyidagi fikrlar bilan tanishing va ularni ta’limning qaysi xususiy (tashkiliy, sotsiologik, psixologik, kibernetik, gnoseologik) qonuniyatiga tegishli ekanligini aniqlang:
I. Ta’lim natijalari o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘nikmalariga; ta’lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga; bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo‘llanilishiga; o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi o‘zaro aloqador bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.
II. Ta’lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o‘ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog‘liq.
III. Ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to‘g‘ri olib borilishiga; ta’lim sifati o‘quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog‘liq.
IV. Individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo‘ladigan individlarning rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi «intellektual muhit»ning mavjud holatiga, o‘zaro bir-biriga o‘rgatishning jadalligiga; o‘qituvchi va o‘quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog‘liq.
V.Ta’lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga, o‘zining o‘quv majburiyatlariga munosabatiga; o‘quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o‘quvchilarning aqliy faolligini oshirish o‘quv mashg‘uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg‘ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog‘liq.

Yüklə 427,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin