MASHG’ULOTNING BORISHI: (Dastlab o’qituvchi talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma) yordamida tekshiradi, so’ngra mashg’ulotni yana davom ettiradi).
Berilgan nazariy ma’lumotlarni o’rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So’ngra berilgan topshiriqlarni bajaring.
Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar. 1. Ta’lim jarayoni «formula»si. Izoh: odatda formula deganda ko‘z oldimizga matematik-fizik hodisalar gavdalanadi. Biroq ta’lim jarayoni ham o‘ziga xos formulalarda ifodalanish xususiyatiga ega. Quyidagi formulaga e’tibor qarating va uni izohlang. Sizningcha, unda qanday ma’no ifoda etilgan?
DJ=M+Abf+Ab DJ –
M –
Abf –
Ab – 2. Keys topshirig‘i: «Ta’lim jarayoni yaxlit hodisa sifatida» Quyida keltirilgan chizmaga e’tibor qarating. Unda grafik ifoda etilgan, biroq unda aks etishi lozim bo‘lgan jumlalar chizma ostada berilgan. Mazkur jumlalarni shunday ketma-ketlikda joylashtiringki, natijada ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi aniq namoyon bo‘lsin.
Chizmada aks ettirilishi lozim bo‘lgan jumlalar:
1. Maqsad. 2. Natija. 3. O‘qituvchi faoliyati. 4. O‘quvchi faoliyati. 5. Mazmun. 6. Shakl. 7. Metod. 8. Vosita
3. Ijodiy test topshirig‘i. 1. Gapni tugallang. 1. Barqaror, takrorlanuvchi, invariantli tavsifga ega narsa-hodisa va jarayonlarning ichki mavjud aloqalari ...
2. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying. Didaktikada ... deganda ta’limiy hodisalarning namoyon bo‘lishi va rivojdanishi bilan shartlanadigan ichki mavjud aloqalar tushuniladi.
3. Gapni davom ettiring. Qonuniyat-bu...
4. Gapni tugallang. Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi ob’ektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ...
5. Gapni davom ettiring. Tamoyil deganda ...
6. Nuqtalar o‘rniga kerakpi jumlani topib qo‘ying. ... o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir
7. Gapni tugallang. Ta’lim tamoyillarini amalga oshirish texnologiyasi ...