Onuniyatlari va tamoyillari 4-seminar mashg’ulot ishning amalga oshirish rejasi, tartibi va tuzilishi: Reja


O‘quv faoliyati natijalarini (talabalarning o‘quv-bilish faoliyati)



Yüklə 427,16 Kb.
səhifə2/26
tarix05.12.2023
ölçüsü427,16 Kb.
#173357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
4-seminar

O‘quv faoliyati natijalarini (talabalarning o‘quv-bilish faoliyati):
1. Ta’lim jarayoni yaxlit hodisa sifatida maqsad, natija, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati, mazmun, shakl, metod va vosita kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligidan iborat ekanligini anglatadi.
2. «Qonun», «qonuniyat», «tamoyil» va «qoida» tushunchalarni ta’rifini bilib olishadi.
3. Ta’limning umumiy va xususiy qonuniyatlarini o‘zlashtiradilar.
4. Ta’limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillarining ta’lim qonuniyatlari bilan aloqadorligi haqida xulosalar chiqaradilar.
1. Pedagogik jarayon tizim sifatida.
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’zaro tashkiliy hamkorlikda faoliyat ko’rsatuvchi barcha ko’rinishdagi maktabgacha tarbiya, o’rta umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus o’quv yurtlari, oliy o’quv yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o’zaro uzviylikdagi tizimi pedagogik tizim deyiladi.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo’ladi:



o’quv materiali mazmuni



natija


















Chizma:Ta’lim jarayoni tuzilishining andozasi (modeli)
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog`langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog`liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.
Ushbu tizim sharoitida ta’lim va tarbiya maqsadlarini amalga oshiruvchi jarayon pedagogik jarayon deyiladi.
Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakteriga, o’zaro tahsir kuchiga bog`liq.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning o’ziga xosligi: tarbiya obhekti bir vaqtning o’zida tarbiya subhekti ham hisoblanadi. O’zaro faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi hamkorlik pedagogik o’zaro tahsir tushunchasini to’laroq aks ettiradi.
Subhekt bilan ob’yekt o’rtasida turli-tuman aloqalar mavjud: ..

  1. Axborot xarakterida (o’zaro axborotlar almashinib turish).

  2. Tashkiliy faoliyat aloqalari (o’zaro birgalikdagi faoliyat).

  3. Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat).

  4. Boshqaruv va o’z-o’zini boshqaruv aloqalari.

Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng mahnoda mazmun, shakl va usullarni o’z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo’yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlardir. Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
2. Yaxlit pedagogik jarayon haqida tushincha. Pedagogik jarayon qonuniyatlari.
Ta’lim-tarbiya tizimida barcha maqsad va vazifalarni, shuningdek, uning tarkibiy qismlarini kompleks hal etishga yo’naltirilgan jarayon yaxlit pedagogik jarayon sifatida qabul qilingan.
Yaxlit pedagogik jarayonning tashqi qonuniyatlari:

  1. Pedagogik jarayonning maqsadi nafaqat ta’lim va tarbiya vazifalarini qamrab oladi, balki pedagogni ham, o’quvchi shaxsini ham har tomonlama barkamol qilib rivojlantirishni o’z ichiga oladi.

  2. Yaxlit pedagogik jarayon, uning maqsad-vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi va u jamiyatning mafkurasi va siyosatiga bog`liq.

  3. Pedagogik jarayonning maqsad va vazifalari nafaqat shaxs ehtiyojiga, balki uning imkoniyatlariga ham bog`liq bo’lib, bu uning tashqi belgilaridir.

Jarayonning ichki qonuniyatlari:

  1. Ta’lim-tarbiya va rivojlanish o’rtasidagi o’zaro bog`liqlik.

  2. Tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash o’rtasidagi bog’liqlik.

  3. Shaxs faoliyati bilan uning munosabati o’rtasidagi bog`liqlik.

  4. Shaxs va jamoa o’rtasidagi bog`liqlik.

  5. Shaxsning imkoniyatlari bilan pedagogik ta’sir o’rtasidagi bog`liqlik.

  6. Vazifa, mazmun, shakl va metodlar o’rtasidagi bog`liqlik.


Yüklə 427,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin