3.Ta’limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillarini aniqlashga doir chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar. Quyida keltirilgan ta’limning tamoyillari bilan tanishing. Ularni maqsadiga ko‘ra ikki tur (mazmunli va tashkiliy-metodik)ga ajrating.
Insonparvarlik. 2.Tabiat bilan uyg‘unlik. Ko‘rgazmalilik. 3. Onglilik, faollik, ijodiylik. 4.Madaniyat bilan uyg‘unlik. 5. Tushunarlilik. 6. Ilmiylik. 7. Ta’limning amaliyot bilan uyg‘unligi. 8. Izchillik, tizimlilik, ketma-ketlik. 9. Tarbiyalovchi ta’lim. 10. O‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish. 11. Oqilona talabchanlik bilan ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish.
4. Mavzuga oid 10 ta test tuzing. Kichik dars o’tish. (Dars talaba tomonidan o’tiladi va unga 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Dars o’tilgach, o’qituvchi va talabalar tomonidan tahlil qilinadi).
XULOSA VA MULOHAZALAR: Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot yozing, unda mashg’ulot davomida bajarilgan topshiriqlar yuzasidan atroflicha (hаr bir mashqqa alohida kengaytirilgan mazmunda) yoritilgan tavsifi va o’z hulosa va mulohazalaringizni aks ettiring.
(Mashg’ulotga xulosa yasashdan oldin, maqsadga qay darajada erishilganligi tahlil etiladi. Talabalar tomonidan yoritilmay qolgan yoki to’la ochilmagan masalalarga yana bir bor to’xtalib o’tiladi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi).
NAZORAT SAVOLLARI: « Pedago’gik tizim» tushunchasiga ta`rif bering.
Pedago’gik jarayonining alohida asosiy elimentlari nima?
Yaxlit pedagogik jarayonning ichki qonuniyatlari nima?
Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish va uning asosiy shartlari nimalardan iborat?