Onuniyatlari va tamoyillari 4-seminar mashg’ulot ishning amalga oshirish rejasi, tartibi va tuzilishi: Reja


Yaxlit pedagogik jarayon bosqichlari . Bilimlarni o’zlashtirish jarayonining tuzilishi



Yüklə 427,16 Kb.
səhifə3/26
tarix05.12.2023
ölçüsü427,16 Kb.
#173357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
4-seminar

3.Yaxlit pedagogik jarayon bosqichlari .
Bilimlarni o’zlashtirish jarayonining tuzilishi. O’quvchilar o’quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o’rganib olish uchun bilimlarni o’zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o’quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish. o’quv materialini anglab yetish. mustahkamlash. amaliy faoliyatida bilimlarini qo’llash.
Bilimlarni egallab olish bosqichlari sxematik ko’rinishi quyidagichadir:


Bilimlarni egallash bosqichlari


bilimlarini qo’llash



mustahkamlash




anglab yetish
idrok etish


4.Ta’lim va tarbiya obyekti va subyekti.
Subyekt bilan obyekt o’rtasida turli-tuman aloqalar mavjud:
O’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. Ta’lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari)da, tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchi rahbarligi ostida kechadi. O’qituvchi faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol idrok etishga yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. rejalashtirish;

  2. tashkil etish;

  3. boshqarish (rag`batlantirish);

  4. nazorat;

  5. natijalarni baholash va tahlil qilish.

5.Yaxlit pedagogik jarayonni jadalashtirish
Lotincha “Intensio” tushunchasi - kuchaytirish, tezlatish degan mahnoni anglatadi.
Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish - vaqtning har bir bo’lagi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish demakdir.
5.TOPSHIRIQ:Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish shartlari:
6. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish.
Yaxlit pedagogik jarayonni o’timallashtirish (lotincha o’timus - eng mahqul) - eng qulay, eng ma'qul degan ma'noni bildirib, keng mahnoda olib qaralganda, ushbu sharoit uchun har qanday vazifalarni hal etishning eng qulay, eng maqul, to’g`ri variantlarini tanlash demakdir.
Ma’lum mezonlar nuqtai nazaridan qaralganda, yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish ushbu sharoit uchun ta’lim-tarbiyaning eng maqbul vazifa, mazmun, shakl va metodlarini ilmiy asoslangan holda tanlash va amalga oshirish deganidir.
Optimallashtirishda boshlang`ich holatdan qaror qabul qilingungacha bo’lgan jarayon quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
1. Qo’yilgan vazifalarni hal etishning bir nechta variantlarini qarab chiqish.
2. Ushbu sharoit uchun tanlab olingan variantning asosliligini, zarurligini anglab yetish.

  1. Ushbu vazifalarni hal etish uchun tavsiya etilgan usullarning samaradorligini qiyosiy tahlil etish orqali anglash.

  2. Taqdim etilgan variantlarni eng maqbul ikkita variantgacha qisqartirish.

  3. Ikkalasini vaqt va samara nuqtai nazaridan taqqoslash.

  4. Eng ma’qul variantni optimallashtirish mezoni nuqtai nazardan tanlash.

Lekin eng maqbul variantni tanlash o’qituvchidan fikrlashning muammoli-tadqiqot usulidan foydalanishni taqozo etadi.
Ta’lim jarayonini o’timallashtirishda uning mezoni faoliyatni to’g`ri baholashga yordam beradi.
O’quvchi u yoki bu materialni o’zining maksimal darajadagi imkoniyati doirasida o’zlashtiradi (natijaga real erishish mumkin bo’lgan imkoniyat). Bu esa, o’z o’rnida, o’qitishni optimallashtirish uchun o’quvchilarning real o’quv imkoniyatlarini o’rganishni talab etadi.
Real o’quv imkoniyatlari ichki (sog`liq, bilim darajasi, fikrlash qobiliyati, o’qishga munosabat, mashuliyat hissi) va tashqi (oila, tengdoshlar, jamiyat ta'siri) sharoitlarning o’zaro uzviyligida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi bolaning bugungi real o’quv imkoniyatlarini bilishigina emas, shuningdek, yaqin rivojlanish zonasini, Ya’ni yaqin rivojlanish imkoniyatlarini anglab yetishi ham zarur bo’ladi.
Shunday qilib, optimallashtirishning birinchi mezoniga ko’ra, o’quvchi shunday o’zlashtirish darajasiga erishishi kerakki, ushbu daraja uning yaqin rivojlanish zonasidagi imkoniyatlariga to’g`ri kelsin.
Optimallashtirishning ikkinchi mezoni shuki, o’quvchi va o’qituvchi dars va uy mashg`ulotlariga ajratilgan vaqtga qat’iy amal qilsinlar.
Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita va natija. Vosita keng mahnoda mazmun, shakl va usullarni o’z ichiga oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo’yilgan talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari

Yüklə 427,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin