Fargona viloyati Quqon shahar Axborot-texnalogiyalar texnikumi. Mustaqil ish bajardi: 12-22 guruh talabasi. Nosirova Dildora Reja



Yüklə 25,47 Kb.
səhifə1/2
tarix18.05.2023
ölçüsü25,47 Kb.
#115862
  1   2
Reja


Fargona viloyati Quqon shahar Axborot-texnalogiyalar texnikumi.



MUSTAQIL ISH

Bajardi: 12-22 guruh talabasi.
Nosirova Dildora

Reja
1. Hujjatni chop etish.
2. Sahifa parametrlarini o’rnatish
3.Qattiq diskning diagnostikasi.
Hujjatni chop etish
Hujjatni qog‘ozga chop etish mushkul ish emas. Buning uchun standart uskunalar panelidagi printer rasmi tasvirlangan Chop etish (Печать) piktogrammasini sichqoncha yordamida bosish kifoya. Bu chop etishning eng oddiy va eng qulay usulidir. Ammo zamonaviy printerlar turli xil usulda chop etish imkoniyatiga ega. Masalan, qog‘ozning bitta sahifasiga hujjatning bir necha sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo.
Hujjatni qog‘ozga chop etish mushkul ish emas. Buning uchun standart uskunalar panelidagi printer rasmi tasvirlangan Chop etish (Печать) piktogrammasini sichqoncha yordamida bosish kifoya. Bu chop etishning eng oddiy va eng qulay usulidir. Ammo zamonaviy printerlar turli xil usulda chop etish imkoniyatiga ega. Masalan, qog‘ozning bitta sahifasiga hujjatning bir necha sahifasini chop etish, hujjatni buklet yoki kitobcha shaklida chop etish va hokazo.
Hujjatni chop etish parametrlarini o‘zgartirish uchun Fayl menyusining Chop etish (Печать) bo‘limi tanlanadi. Natijada ekranga Chop etish (Печать) lavhasi chiqadi. Chop etish lavhasi Printer (Притер), Sahifalar (Страницы), Nusxalar (Копий), Masshtab (Масштаб), Qamrov (Включить), Chop etish (Напечатать) bandlaridan iborat.

Sahifa paramentlarini o’rnatish.

HUJJATLARNING ASOSIY PARAMETRLARI


Word matn protsessorida ish boshlaganda avval hujjatning ko’rinishini ko‘z oldimizga keltirishimiz kerak. Chunki, hujjatning ko‘rinishiga qarab qog‘oz o‘lchami, sahifa yo‘nalishi, satrlar orasidagi masofa avvaldan belgilab olinadi.
Kalit so‘zlar: sahifa parametrlari, shrift parametrlari, abzas parametrlari.

HUJJAT PARAMETRLARI


Biz hayotimizda turli-tuman hujjatlarga duch kelamiz. Masalan, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, tibbiy varaqa, tibbiy yoki o‘qishdan olingan ma’lumotnomalar, o‘quvchi tabeli va hokazo. Ular bir-biridan faqat mazmuni bilan emas, balki boshqa jihatlari bilan, jumladan hujjatlarning
o‘lchamida ham farq qiladi. Turli hujjatlar turli o‘lchamdagi qog‘ozga yozilganini ko‘p kuzatgansiz. Bundan tashqari, matn yozilganda sahifaning chap, o‘ng, yuqori va pastki qismidan turlicha masofa qoldiriladi.
Turli hujjatlarda satrlar orasidagi masofa ham har xil bo‘lishi mumkin.
Hujjatlarda bu kabi cheklanishlar juda ko‘p uchraydi.
Matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning turiga qarab sahifa parametrlari va matn parametrlari (shrift, abzas) belgilab olinadi. Ular hujjat parametrlari (xususiyatlari) deb yuritiladi.

SAHIFA PARAMETRLARI


Hujjatning sahifa parametrlari, asosan, hujjatni chop etish maqsadlaridan kelib chiqib tanlanadi. Sahifa parametrlarini tanlashni ko‘rinishi quyida aks ettirilgan Sahifani belgilash (Разметка страницы) tasmasi yordamida amalga oshirish qulay:
Bu tasmaning Sahifa parametrlari (Параметры страницы) bo‘limidagi Hoshiyalar (Поля) tanlov ro‘yxatidan hoshiya o‘lchamlarini belgilash, Oriyentatsiya (Ориентация) tanlov ro‘yxatidan sahifaning (kitob yoki albom) yo‘nalishini belgilash, O‘lcham (Размер) tanlov ro‘yxatidan qog‘oz o‘lchamlarini belgilash, Ustun (Колонки) tanlov ro‘yxatidan sahifadagi ustunlar sonini belgilash mumkin:
Agar sahifaning to‘liq parametrlarini qarab chiqish zarur bo‘lsa, u holda Sahifa parametrlari (Параметры страницы) muloqot oynasi ochiladi. Bu muloqot oynasi Sahifani belgilash tasmasining Sahifa parametrlari mantiqiy guruhidagi tugmasi yordamida ochiladi. Muloqot
oynasining qatlamlaridan tanlangan parametrlar kuchga kirishi uchun muloqot oynasidagi «OK» tugmasi (sichqoncha yordamida) tanlanadi yoki Enter klavishi bosiladi.
Hoshiya kengligini gorizontal va vertikal chizg‘ich yordamida o‘zgartirish imkoniyati ham bor. Chizg‘ichlar esa Ko‘rinish (Вид) tasmasining Aks ettirish (Показать) mantiqiy guruhidan Chizg‘ich (Линейка) obyekti tanlangach aks etadi.
Sahifani yanada go‘zal va qiziqarli ko‘rsatish uchun sahifa foni rangi va chegaralari o‘zgartirilishi mumkin. Buning uchun Sahifani belgilash (Разметка страницы) tasmasining Sahifa foni (Фон страницы) bo‘limidagi Sahifa rangi (Цвет страницы) va Sahifalar chegaralari
(Границы страниц) imkoniyatlaridan foydalaniladi.
MS Wordda sahifa foniga sidirg‘a rang tanlash yoki quyidagi kabi
turli Bo‘yash usullari (Способы заливки) qo‘llanishi mumkin:
Sahifa chegarasi uchun ham turli imkoniyatlar mavjud bo‘lib, odatda, har xil turdagi, rangdagi va qalinlikdagi chiziqlar yoki rasmlardan foydalaniladi:

SHRIFT PARAMETRLARI


Shrift parametrlarining Shrift turi, o‘lchami va yozuv shakli bilan avvalroq tanishdik. Shrift parametrlarini tanlashning ba’zi imkoniyatlari Bosh (Главная) tasmasining Shrift (Шрифт) mantiqiy guruhida jamlangan:

ABZAS PARAMETRLARI


Abzas parametrlarini tanlashning ba’zi imkoniyatlari Bosh (Главная) tasmasining Abzas (Абзац) mantiqiy guruhida jamlangan.
Bu guruh tugmalari yordamida
(1) abzas tekislanish usuli (chapdan, o‘rtadan, o‘ngdan, sahifa kengligi bo‘yicha)
(2) abzas satrlari oralig‘i (bir, bir yarim, ikki, minimum, aniq, ko‘proq)
(3) abzas foni,
(4) abzas chegarasi, abzasni
(5) markerlash yoki
(6) tartiblash yoki
(7) tabaqalashtirish, abzas
(8) chekinishini kamaytirish yoki
(9) oshirish, belgilangan
(10) matnni (abzaslar to‘plamini!) tartiblash,
(11) formatlashdagi ko‘rinmas belgilarni aks ettirish mumkin.

Abzas chekinishi va bosh satr chekinishini Gorizontal chizg‘ich ko‘rsatkichlaridan foydalanib o‘rnatish qulay. Buning uchun gorizontal chizg‘ichdagi chekinish ko‘rsatkichlari sichqoncha yordamida kerakli yo‘nalishda suriladi.





Yüklə 25,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin