3. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlarini o‘rganish(Pedagogika // M.X.Toxtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. - T.: «Faylasuflar Milliy jamiyati», 2010. - B. 159-161; Podlasiy I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn 1. - M.: «VLA-DOS», 1998).
4. Topshiriq. Darsda o’quvchilar bilimini tekshirish yuzasidan kuzatish o’tkazish. Kuzatish uchun savollar: Bilimni tekshirib ko’rish darsda qanday o’rinni egallaydi? O’quvchilarbiliminitekshiribko’rishgao’qituvchi qanchavaqtsarflaydi? Qancha o’quvchidan so’radi? Qanday baholar qo’yildi?
O’qituvchi o’quvchilar bilimini tekshirishga qaysi shakllarni (frontal so’rash, individual so’rash, o’quvchilarning mustaqil ishi, sharhli mashqlar, perfokarta va hokazolarni) ishlatadi?
O’qituvchi savollarining shakllarini qayd qiling. Ular bilish faoliyatining qanday turini keltirib chiqaradi? Hamma savollarga to’laqonli aniq javob berilmadi?
Bilimni tekshirish jarayonida o’qituvchi bilan o’quvchi orasida qanaqangi o’zaro uslub mavjud? Bilimga qo’yiladigan baho qanday amalga oshiriladi? O’qituvchi qanday baholash mulohazasini (ijobiy, salbiy, neytral) hammadan ko’proq ishlatadi? O’qituvchining baholash mulohazalaridan misollar keltiring. Savol-javob paytida bular o’quvchilarning faolligini oshirishga qanday ko’mak beradi?
5)Savol-javob va boshqa tekshirish metodlarini mukammallashtirishga hamda maktabning o’quv jarayonida qo’yiladigan yangi talablar nuqtai nazaridan turib bilimni baholashga qanday takliflarni kiritish mumkin?