Onuniyatlari va tamoyillari 4-seminar mashg’ulot ishning amalga oshirish rejasi, tartibi va tuzilishi: Reja



Yüklə 427,16 Kb.
səhifə22/26
tarix05.12.2023
ölçüsü427,16 Kb.
#173357
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
4-seminar

«4»baho qo’yiladi, agar: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o’qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; e) egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olsa; g) og`zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ymasdan, o’qituvchining qo’shimcha savollari bilan xatolarini to’g`rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo’lmagan xatoga yo’l qo’ysa.
«3»baho qo’yiladi, agar: a) o’quvchi o’rganilgan mavzuni o’zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o’qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzilishini o’zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; e) yozma ishda xatolari bor bo’lsa.
«2» baho qo’yiladi, agar: a) o’quvchi o’rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o’zlashtirmagan, b) yozma ishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa.

MASHG’ULOTNING BORISHI:
(Dastlab o’qituvchi talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma) yordamida tekshiradi, so’ngra mashg’ulotni yana davom ettiradi).
Berilgan nazariy ma’lumotlarni o’rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So’ngra berilgan topshiriqlarni bajaring.
Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar.
1. «O‘qituvchimiz bizni qanday baholar edi?» mavzusida erkin yozish topshirig‘i.
Topshiriq: «O‘qituvchimiz bizni qanday baholar edi?» mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrlaringizni daftarga yozing. O‘ylagan fikrlaringizni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting.
Erkin yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma:
1. Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tugaganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. Chunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o‘qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi.

Yüklə 427,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin