4. Kichik guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan an’anaviy va nostandart dars turlarini tashkil etishga doir amaliy topshiriqlar. 1-topshiriq. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash asosida aralash darsni ko‘rsatib berish. 1-guruh: darsning tashkiliy qismi va o‘tilgan mavzuni takrorlashni ko‘rsatib beradi;
2-guruh: yangi o‘quv materialini bayon qilish tartibini tushuntirib beradi;
3-guruh: o‘rganilganini mustahkamlash, o‘quvchilarni baholash va uy vazifasi berishni amalga oshiradi.
Mazkur topshiriqni bajarishda o‘qituvchi zig-zag metodiga asoslanadi. Ya’ni, har bir kichik guruh o‘ziga berilgan topshiriqni bajarib bo‘lgach, bir-birlari bilan o‘zaro almashinuv asosida o‘tkaziladigan dars haqida yaxlit tasavvur hosil qilinadi. Talabalarda o‘tkaziladigan dars haqida yaxlit tasavvur hosil bo‘lgach, kichik guruhlar navbati bilan o‘zlariga berilgan vazifalarning taqdimotini o‘tkazishadi.
Topshiriqni bajarish oldidan guruh bilan kelishilgan holda, mutaxassislik bilan bog‘liq biror mavzuni tanlab olish maqsadga muvofiq.
2-topshiriq. Kichik guruhlarda nostandart darslardan lavha ko‘rsatish. 1-guruh uchun: konferensiya darsini o‘tkazilishini ko‘rsatib berish.
2-guruh uchun: musobaqa turidagi darsni tashkil etish.
3-guruh uchun: o‘yin tipidagi dasrni namoyish etish.
5. Mavzuga oid 10 ta test tuzing. Kichik dars o’tish. (Dars talaba tomonidan o’tiladi va unga 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Dars o’tilgach, o’qituvchi va talabalar tomonidan mukoma qilinadi).
HULOSA VA MULOHAZALAR: Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot yozing, unda mashg’ulot davomida bajarilgan topshiriqlar yuzasidan atroflicha (hаr bir mashqqa alohida kengaytirilgan mazmunda) yoritilgan tavsifbi va o’z hulosa va mulohazalaringizni aks ettiring.
(Mashg’ulotga xulosa yasashdan oldin, maqsadga qay darajada erishilganligi tahlil etiladi. Talabalar tomonidan yoritilmay qolgan yoki to’la ochilmagan masalalarga yana bir bor to’xtalib o’tiladi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi).