Chizma. Tashxislashning asosiy tarkibiy qismlari Tashxislash tizimida baho rag`batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega bo’ladi. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo’llanishi mumkin bo’lgan tashxislash natijalari shaxsning o’z darajasini belgilashga ko’maklashadi, bu esa raqobatli ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta’lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o’tmishda ko’plab o’quvchilar uchun majburiy ta’limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting — insonning jamiyatdagi mavqei ko’rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.
O’quvchilarning o’quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar: og`zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish. O’zlashtirishni diagnostika qilish Amaliy bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo’yiladi, agar: a) ishni to’liq, muhim xatolarsiz bajarsa, natija chiqara olsa; b) ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo’lmagan xatolarga yo’l qo’ysa.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:
«5»baho qo’yiladi, agar: a) o’quvchi dasturdagi materialni to’liq o’zlashtirib olgan bo’lsa; b) o’rganilgan mavzu bo’yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; e) egallangan bilimlarni amalda erkin qo’llay olsa;
g) o’rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo’l qo’ymasdan, ma`lumotlarni tushuntirib bera olsa.