O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari.
“Kichik esse” texnologiyasi yordamida ta’lim olganlikni tashxis qilish layokatlariga egalliklarini aniqlash.
ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI: Mashg‘ulotning tuzilishi, maqsadi, pedagogik vazifalari va o‘quv faoliyati natijalari Seminar mashg‘ulotining tuzilishi: 1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning tarkibiy qismla-rini o‘zlashtirish.
2. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish shakl, metod va vositalarini aniqlashtirish.
3. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlarini o‘rganish.
4. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishga doir muammoli vaziyatlarni hal etish.
Seminar mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarning ta’lim olganlikni tashxis etishga doir nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ularni o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini to‘g‘ri baholashga o‘rgatish.
O‘quv faoliyati natijalari (talabalarning o‘quv-bilish faoliyati): 1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyatini bilib oladilar.
2. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish shakl, metod va vositalarini o‘zlashtiradilar.
3. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlarini o‘rganadilar.
4. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish ko‘nikma va malakalarini egallaydilar.