Onuniyatlari va tamoyillari 4-seminar mashg’ulot ishning amalga oshirish rejasi, tartibi va tuzilishi: Reja


Dars va unga qo‘yiladigan talablarning o‘zlashtirilishiga doir ijodiy test topshirig‘i



Yüklə 427,16 Kb.
səhifə17/26
tarix05.12.2023
ölçüsü427,16 Kb.
#173357
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
4-seminar

2. Dars va unga qo‘yiladigan talablarning o‘zlashtirilishiga doir ijodiy test topshirig‘i.
1.. Kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
... bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
2. Gapni davom ettiring.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi quyidagi o‘ziga xos belgalarga ega:...
3. Gapni tugallang.
Darsga qo‘yiladigan didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsnig ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish ...
4. Kerakli so‘zni topib qo‘ying.
O‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish kabilarning darsga qo‘yiladigan ... talablarni o‘zida aks ettiradi.
5. Gapni davom ettiring.
Darsga qo‘yiladigan rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, xisobga olish, «rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish», «o‘zib ketish» darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish....
3. «Chalkashlikni aniqlang» didaktik o‘yini.
O‘yinni o‘tkazish tartibi:
1.O‘qituvchi doskaga yoki proektor orqali dars turlaridan birining tuzilishini yozadi. Darsning tuzilish o‘rnini almashtirish yoki boshqa dars turiga xos belgini yozish orqali chalkashlikkka yo‘l qo‘yadi.
2.Talabalar dars turi bilan tanishadilar va uning tuzi-lishida yo‘l qo‘yilgan xatolikni topadilar.
1) aralash dars:
a) tashkiliy qism;
b) o‘rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash;
v) o‘quvchilarni baholash;
g) yangi mavzuni bayon qilish;
d) uy vazifasi.
2) yangi bilimlarni bayon qilish darsi:
a) yangi mavzuni bayon qilish;
b) o‘rganilganlarini mustahkamlash;
v) o‘quvchilarni baholash;
g) uy vazifasi.
3) o‘rganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi:
a) tashkiliy qism;
b) o‘quvchilarni baholash;
v) uy vazifasi.
4) o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsi:
a) tashkiliy qism;
b) o‘rganilganlarini takrorlash;
v) o‘quvchilarning bilimlarini tekshirish va baholash;
g) uy vazifasi.

Yüklə 427,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin