Onuniyatlari va tamoyillari 4-seminar mashg’ulot ishning amalga oshirish rejasi, tartibi va tuzilishi: Reja



Yüklə 427,16 Kb.
səhifə16/26
tarix05.12.2023
ölçüsü427,16 Kb.
#173357
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
4-seminar

ISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI:
Mashg‘ulotning tuzilishi, maqsadi, pedagogik vazifalari va o‘quv faoliyati natijalari
Seminar mashg‘ulotining tuzilishi:
1. Dars va unga qo‘yiladigan umumiy, didaktik, psixologik hamda metodik talablarni aniqlashtirish.
2. Darsning turlari va tuzilishini o‘zlashtirish.
3. An’anaviy va noan’anaviy dars turlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
4. Bir soatlik dars ishlanmasini tayyorlash va uni taqdimot qilish.
Seminar mashg‘ulotining maqsadi:
Talabalarning dars va uning o‘ziga xosliklariga doir nazariy nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ularda darsni tashkil etish va o‘tkazishga doir ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.
O‘quv faoliyati natijalari (talabalarning o‘quv-bilish faoliyati):
1. Dars va unga qo‘yiladigan talablarni bilib olishadi.
2. Darsning turlari (aralash, yangi bilimlarni bayon qilish, o‘rganilganlarini mustahkamlash va takrorlash, o‘quvchilarning BKMlarini nazorat qilish)ni farqlaydilar hamda ularning tuzilishini o‘rganadilar.
3. An’anaviy va noan’anaviy dars turlarini tashkil etishga doir ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishadi.
4. Darsni loyihalash va rejalashtirishni o‘zlashtiradilar.
MASHG’ULOTNING BORISHI:
(Dastlab o’qituvchi talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma) yordamida tekshiradi, so’ngra mashg’ulotni yana davom ettiradi).
Berilgan nazariy ma’lumotlarni o’rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So’nra berilgan topshiriqlarni bajaring.
Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar.
1. «Sevimli o‘qituvchimning darsi qiziqarli bo‘lishining sababi shundaki...» mavzusida asoslangan esse.
Topshiriqning bajarilish tartibi:
1. Mazkur mavzu yuzasidan o‘z nuqtai nazaringizni bayon eting.
2. Nuqtai nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting.
3. Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.

Yüklə 427,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin