Ta'lim metodi –zamonaviy darajada o'quv – tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan pedagog va o'quvchilarning o'zaro bog'liq faoliyat usullaridir (V.I.Zagvyazins kiy)
2.
Ta'lim metodlari — o'quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo'lib, o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining barcha yo'nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o'rtasida ko'p sonli aloqa va bog'lanishlarni yuzaga keltiradi (G.I.Shukina)
3.
Ta'lim metodlari deganda o'qituvchining o’rgatuvchanligi va o'quvchilarning o'quv materialini egallashga yo'naltirilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o'quv—bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi (I.F.Xarlamov)
4.
Ta'lim metodi — belgilangan maqsadga erishishni ta'minlovchi algoritm lashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir (P.I.Podlasiy)
Chizma. Ta`lim metodi tuzilmasi. Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: maqsadli tarkib: faoliyatli tarkib: ta’lim vositalari. O’qitish metodlari xarakteriga ko’ra ikki tomonlama ko’rinishga ega. U:
A)axborot va boshqaruv;
B)o’qish, o’rganish, o’rgatish, nazorat va o’z-o’zini nazorat
qilish vazifalarini bajaradi.
Har bir metod qator elementlardan iborat bo’lib, ular usullar deb ataladi va u ushbu metodning foydali ish koeffitsientini, uning samaradorligini oshiradi.
Masalan, mashq metodida o’quvchi bajargan ishlarni tahlil etish, xatolarni ko’rsatish va h. k. Bu o’rinda mashq - bu metod; tahlil etish, xatolarni ko’rsatish usullardir.
Demak, metod qator samarali usullar yig`indisi o’laroq, bir qator didaktik vazifalarni bajaradi: yangi material bilan tanishtiradi, bilim va ko’nikmalarni egallash, ularni mustahamlash, amaliyotda qo’llash operatsiyalarini bajarishda qo’llaniladi.
O’qitish metodi hamma vaqt ikki muhim vazifani: boshqaruvchilik va ijrochilik vazifalarini bajaradi.
O’qitish metodlarining ta’sirchanligini oshirish uchun bir qator vositalar tizimi xizmat qiladi.
Vosita deganda, o’quv jarayonini jihozlashga, uni takomillashtirishga, ta’sirchanligini oshirishga yordam beradigan barcha narsa, hodisalar, ta’sir jarayonlari va boshqalar tushuniladi.
Masalan, kitoblar: (darslik, qo’llanmalar, programmalashtirilgan o’quv qo’llanmalari, daftarlar va h. k.); ko’rgazmali qurollar; maxsus jihozlangan kabinet, laboratoriya xonalarni; texnik vositalar; o’qituvchi obrazi va b. q. Bular kompleks holda u yoki bu metod samaradorligini oshirishga yordam beradi.
2. O’qitish metodlari tasnifi(klassifikatsiyasi)ga qo’yilgan asosiy talablar. Har bir metod ma`lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuisidan foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamga kelinmagan. Ushbu o’rinda, ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi.
Ta’limning mazkur bosqichida hal etilishi mumkin bo’lgan didaktik vazifalarga ko’ra guruhlash mumkin: