Zamonaviy kompyuter bir yoki bir nechta protsessorlar, operativ xotira, disklar, printer, klaviatura, sichqoncha, displey, tarmoq interfeyslari va boshqa turli xil kiritish-chiqarish qurilmalaridan tashkil topadi. Natijada ancha murakkab kompyuter tizimi paydo bo'ladi.
Ushbu komponentlarning barchasini boshqarish va ulardan optimal foydalanish uchun birinchi navbatda tizimli dasturiy ta’minot zarur bo’ladi.
Tizimli dasturiy ta'minot - bu kompyuterning texnik va amaliy dasturlarini ishga tushirish uchun mo'ljallangan kompyuter dasturining bir turi hisoblanadi.
Tizimli dasturiy ta'minot apparat qurilmalar va foydalanuvchi ilovalari o'rtasidagi interfeysdir.
TIZIMLI DASTURIY TAʼMINOT
Tizimli dasturiy taʼminot quyidagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan dasturlar jamlanmasidir:
boshqa dasturlar bilan muloqatga kiritish va amallar bajarish uchun operatsion muhitni yaratish;
kompyuter va kompyuter tarmoqlari qurilmalari bilan ishonchli va samarali ishlash;
Qo‘shimcha texnologik amallarni (dasturlar va maʼlumotlar ustida nusxa olish, arxivlash, tiklash va shu kabilarni) bajarish.
Tizimli dasturiy taʼminot Asosiy dasturiy taʼminot
Operatsion tizimlar
Nazorat va diagnostika vositalari
Хizmatchi dasturiy taʼminot
Antivirus dasturlari
Maʼlumotlarni arxivlash dasturlari
Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar
Tarmoqga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
Fayl menejerlari
Operatsion tizimlar haqida tushunchalar
Tizimli dasturiy ta'minotining eng mashhur namunasi – bu operatsion tizimdir.
Operatsion tizim (OT) kompyuterlarga o’rnatiladi, ularning resurslarini boshqaradi hamda o’ziga mos keladigan barcha turdagi amaliy dasturlarni o’rnatish va foydalanuvchilarga ulardan foydalanishga imkon beradi.
Operatsion tizim – bu EHM resurslarini boshqarish, foydalanuvchi bilan EHM o‘rtasida muloqat tashkil etish hamda foydalanuvchining dasturlarini ishga tushirish uchun mo‘ljallangan dasturlar jamlanmasidir.