O‘zgaruvchan operativ tok.
Operativ zanjirlarni o‘zgaruvchan tok
bilan ta’minlashda birlamchi tarmoqning toki va kuchlanishi ishlatiladi.
O‘zgaruvchan operativ tok manbasi sifatida tok transformatori (TT),
kuchlanish transfarmatori (KT) va shaxsiy ehtiyoj transformatori (ShET
(TSN)) xizmat qiladi.
Tok transformatori (TT)
RH operativ zanjirlari uchun QT dan
ishonchli ta’minot manbasi hisoblanadi. QT bo‘lganda TT ning ikkiamchi
chulg‘am toki tezda oshadi, bunga mos ravishda TT ning ikkilamchi
kuchlanish va quvvati oshadi, ya’ni agar QT bo‘lsa operativ zanjirini
ishonchli ta’minot manbasi ta’minlaydi. Lekin himoya qilinadigan
birlashmada tokning oshishi kuzatilmaydigan shikastlanish va nonormal
rejim bo‘lsa, TT ning toki va quvvati RH ning mantiqiy elementlari va
o‘chirgichning ishlash uchun etarli darajada bo‘lmaydi. Shu sababli TT ni
normal rejimda o‘chirgichning distansion boshqaruvida, bundan tashqari
himoya qilinayotgan ob’ektda kuchlanish (yoki tok) yo‘q bo‘lganda
ishlatib bo‘lmaydi.
Kuchlanish transformatori (KT) va shaxsiy ehtiyoj transformatori
(ShET)
himoya qilinadigan ob’ekt tarmog‘iga ulash maqsadga muvofiq
emas, chunki QT bo‘lganda ushbu tarmoqning kuchlanishi tezda
kamayadi va RH ning operativ zanjiri ta’minoti ishga yaroqsiz bo‘lib
qoladi. Shikastlanish va nonormal rejimlarda tarmoqda kuchlanishning
pasayishi sodir bo‘lmasa, o‘ta yuklanish va yerga tutashuvda RH
zanjirlarini ta’minotida KT
va ShET ishlatish mumkin.
Akkumulyator batareyalariga qaraganda o‘zgaruvchan operativ tok
manbasining narxi arzon, qiyin bo‘lmagan xizmat ko‘rsatish talab etiladi
va maxsus bino talab etilmaydi. O‘zgaruvchan operativ tok manbasining
kamchiligi quvvati chegaralangan hisoblanadi, ya’ni tarmoq kuchlanishi
35 kV va undan yuqori kuchlanishda amaliyotda qo‘llaniladigan
elektromagnit va pnevmatik yuritmali o‘chirgichlarni o‘chirishga
etmasligi mumkin. O‘zgaruvchan operativ tok manbasi 6–35 va ba’zi 110
kV tarmoqlarda tokli RH ta’minotda keng tarqalgan [7,8].
Yarim o‘tkazgichli elementlar asosida bajarilgan RH ning operativ
tok manbasiga alohida talab qo‘yiladi. Ushbu ta’minot manbasi 2-bobda
ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |