Jarayonni rejalashtirishga oid masalalarning aksariyati oqimlarni rejalashtirishga ham o’xshaydi ammo ba'zi farqlar mavjud.
Qachonki yadro oqimlarni boshqarganda, oqimlarni rejalashtirish odatda ularning har biriga tegishli bo'lib, ular qaysi jarayonga tegishli ekanligining farqi yo’q.
Birinchi navbatda jarayonlar va oqimlarga tegishli bo'lgan rejalashtirish masalalariga e'tibor qaratiladi. Shundan so'ng, faqat oqimlarni rejalashtirish va u bilan birga keladigan ba'zi unikal muammolarga e'tibor qaratiladi.
Jarayonlarni rejalashtirish algoritmlari
First Come First Serve (FCFS) Scheduling – birinchi kirganga birinchi xizmat
Priority Scheduling – prioritetga mos rejalashtirish
Round Robin(RR) Scheduling – Har bir jarayon uchun aniq vaqt belgilanadi va shu vaqtda bajariladi
Multilevel Queue Scheduling – har bir jarayonlar to’plamining o’z algoritmi va shunga mos prioriteti mavjud bo’ladi
Rejalashtirish algoritmlari
Rejalashtirish algoritmlaridan biri ko’p bosqichli navbat (Multilevel Queue Scheduling) 1950-60-yillardan beri qo’llanilib keladi. Bu strategiya jarayonlarni bir necha guruhga klassifikatsiyalash imkoni bo’lganda qo’llaniladi.
Navbatlar quyidagi qoida asosida ishlaydi: birorta ham kichik prioritetga ega jarayon to undan prioriteti katta bo’lgan jarayon tugallanmaguncha ishga tushmaydi
Multilevel Queue Scheduling – Ko’p bosqichli navbat
Ko’p bosqichli navbat (Multilevel Queue) da har xil navbatdagi jarayonlar 2 ga ajratiladi:
Interaktiv jarayonlar navbati (kam vaqt talab qiluvchi);
Fon rejimidagi jarayonlar navbati (ko’p resurs talab qiluvchi, ammo tez bajarilishi shart bo’lmagan).
Har bir navbatning balansni saqlab turuvchi o’z rejalashtirish navbatlari mavjud:
Interaktiv jarayonlarda RR(Round Robin);
Fon rejimdagi jarayonlarda FIFO(First in First Out).
Ko’p bosqichli navbat jarayonlari
Interaktiv jarayonlar
Fon rejimidagi jarayonlar