Operatsion tizimlar


- Mavzu Dasturiy ta’minot o’rnatilishini amaliy tasvirlash



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə16/69
tarix18.12.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#184112
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
Operatsion tizimlar

4 - Mavzu
Dasturiy ta’minot o’rnatilishini amaliy tasvirlash.
Reja.
1.Dasturiy ta’minot tushunchasi va dasturiy mahsulotning sinflari.
2.Windows 7 operatsion tizimini o’rnatish.

Hisoblash mashinasining dasturiy ta’minoti (DT) deb masalalarni yechish uchun hisoblash mashinasidan foydalanishga imkon beruvchi dasturlar va ular bilan birga keluvchi hujjatlar majmuasiga aytiladi.


Dasturiy mahsulotlarni har xil alomatlari bo‘yicha tasniflash mumkin. Dasturiy mahsulotlardan foydalanish sohasi asosiy alomat bo‘lgan tasnifni ko‘rib chiqamiz:

  • Dasturlarni ishlab chiqish texnologiyalari.

Bu soxalardagi axborot texnologiyalarini qo‘llab quvvatlash uchun 1-rasmda berilgan dasturiy mahsulotlarning uchta sinfini ajratamiz:

1-rasm. Dasturiy mahsulotlarning sinflari.





    • tizimli dasturiy ta’minot;

    • amaliy dasturlar paketi;

    • dasturlash texnologiyalarining qurollari.

Amaliy dasturlar paketlari (ADP)vazifaviy masalalarni yechishning dasturiy qurollari bo‘lib xizmat qiladilar va dasturiy mahsulotlarning eng ko‘p sonli sinfi bo‘ladilar. Ushbu sinfga turli predmetli soxadagi axborotlarni ishlab chiqishni bajaruvchi dasturiy mahsulotlar kiradilar.
Dasturiy mahsulotlarni kompyuterga o‘rnatishni malakali foydalanuvchi bajaradi, bevosita undan foydalanishni esa,qoidaga ko‘ra, yakuniy foydalanuvchilar-axborotdan foydalanuvchilar amalga oshiradilar, ko‘p xollarda, ularning faoliyati kompyuter soxasida g‘oyatda uzoqdir. Dasturiy mahsulotlarning ushbu sinfi ayrim predmetli sohalar uchun g‘oyatda o‘ziga xos bo‘lishi mumkin.
Dasturiy ta’minlash texnologiyalarining qurollari dasturlarni ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydilar va o‘z ichiga ishlab chiquvchining qurolliy vositalari bo‘lgan ixtisoslangan dasturiy mahsulotlarni oladilar. Boshqa sinfdagi dasturiy mahsulotlar loyihalashtirish, dasturlash (kodlashtirish), sozlash va yaratilayotgan dasturlarni testdan o‘tkazishning barcha texnologik bosqichlarini qo‘llab quvvatlaydilar. Tizimli va amaliy dasturchilar dasturlash texnologiyasining foydalanuvchilari bo‘ladilar.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin