MUSTAQIL ISHI Mavzu: Windows Mobile Windows Phone Android, IOS Symbian OS operatsion tizimlarining o‘xshashliklari va farqi
Bajardi: Z. Ketmonboyev
Qabul qildi: M. Romonov
To’rtko’l - 2021 Reja:
Kirish.
Windows Mobile, Windows Phone, Android, IOS, SymbianOS operatsion tizimlar haqida ma’lumot.
Windows Mobile, Windows Phone, Android, IOS, SymbianOS operatsion tizimlarining o’xshashliklari va farqi.
Foydalanilgan adabiyot.
Kirish.
Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi. Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi.
Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini qanday qilib yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish, ma’lum o‘quvchi boshchani tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi axborotni o‘qish va hokazo kabi amallarni "tushunadi". Hatto bir disketdan ikkinchisiga faylning nusxasini ko‘chirish, kabi murakkab bo‘lmagan amalni bajarish uchun ham (fayl – bu diskdagi yoki boshqa mashinaviy axborot tashuvchidagi axborotlar to‘plami) diskovodlarga taalluqli buyruqlarni ishga tushirish, ularning ijrosini tekshirish, disklardagi fayllarni joylashtirish, jadvallaridan axborotni izlash hamda ularga ishlov berish va hokazolar bo‘yicha minglab amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Vazifalar quyidagilar tufayli murakkablashadi: • disketalarning o‘nga yaqin formatlari mavjud va operatsion tizimi ularning hammasi bilan ishlay olishi kerak.