Optik mikroskopning asosiy tuzilishi va funksiyasi Jul 10, 2017



Yüklə 142,48 Kb.
səhifə3/6
tarix27.04.2023
ölçüsü142,48 Kb.
#103626
1   2   3   4   5   6
Optik mikroskopning asosiy tuzilishi va funksiyasi Jul 10, 2017

Mikroskop - mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib kursatadigan optik asbob. birinchi Mikroskopni 1609—10 yillarda G. Galiley ixtiro qilgan, murakkab mikroskopning hisobini 1872 yilda E. Abbe qilgan. Mikroskopda obʼyektiv sifatida bir-biriga yopishtirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga toʻgʻrilangan axromatik linzalardan foydalaniladi. Mikroskopda koʻp linzali obʼyektiv emas, balki ikki linza orasiga maxsus tiniq suyuqlik quyilgan immersion obʼyektiv ishlatiladi. Immersion obʼyektivda nur sochilishi kamayadi. Ultrabinafsha, infraqizil spektr sohasida ishlatiladigan mikroskop obʼyektivi yana ham sifatli boʻlishi zarur. Mikroskopda tekshiriladigan preparatlar oʻzidan yorugʻlik chiqarmaydi, shu sababli uni yoritish lozim. Obʼyektni yoritishning turli usullari mavjud. Uning yoritilishiga qarab tasvir kon-trastlari (anikligi) ortedi
Ishlatish sohasiga qarab lyuminessent, ultrabinafsha, qutblovchi, interferension mikroskoplar; tekshirish obʼyektiga qarab, biologik, elektron, metallografik mikroskop va boshqa boʻladi. Lyumi-nessent mikroskop boshqa mikroskoplardan ikkita (kondensor oldida va obʼyektivdan ke-yin qoʻyiladigan) yorugʻlik filtri mavjudligi bilan farqlanadi. Bulardan tashqari, maxsus mikroskoplar ham mavjud, mas, tez va sekin utadigan jarayonlarni kinolentaga tushiradigan mikroskop, jarroxdik mikroskopi, oziq-ovqat sifatini tekshiradigan v va h.k. Fotografiya, tibbiyot, biol., fizika va kimyo sohalarida mikroskop koʻp ishlatiladi. Biologik mikroskop o‘simlik anatomiyasini o‘rganishda eng zarur asbob hisoblanadi.


Hozirgi mikroskoplar ob'еktlarni bir nеcha yuz va ming martagacha kattlashtirib ko‘rsatadi. Mikraskopning optik qismi eng muhim qisimlaridan bo‘lib, u ko‘rish trubkasi (tubus) dan iborat. Bu trubkaning yuqori qismida okulyar, tagida ob'еktiv joylashgan.

Shtativ. Mikroskopning shtativi to‘g‘ri yoki egri kolonkadan iborat bo‘lib, uni orqa tomonga qayirib qo‘yish mumkin. Shtativda rеvolvеr, krеmalеra, mikrovint, makrovint, stolcha, diafragma, dasta va oyna bo‘ladi


Yüklə 142,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin