Oqdaryo tuman 19 -mtt jamoasining umumiy yig‘ilishi bayonnomasi


Kun tartibidagi turtinchi masala yuzasidan



Yüklə 191 Kb.
səhifə2/5
tarix17.05.2023
ölçüsü191 Kb.
#115255
1   2   3   4   5
Касаба ЖШ Мухокама 2022 yil мтм

Kun tartibidagi turtinchi masala yuzasidan «Tashkilot rahbari so‘zga chiqib, 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” munosabati bilan bugungi kunda ishchi xodimlarning takliflar va muloxazalar to‘g‘risida mehnat jamoasidan o‘zlarining fikrlarini bildirishlarini so‘radi.
Taklif va muloxazalar ilova qilinadi.
Yig‘ilish kun tartibi muhokamasiga kiritilgan masalalar va muzokaralarda ishtirok etganlarning fikr-mulohazalarini inobatga olib, tashkilot mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi qaror qiladi:
1. 2022-2024 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi yuzasidan «Tashkilot rahbarining va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisobotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin. (Hisobotlar ilova qilinadi).
2022-2024 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi bo‘yicha tekshiruv dalolatnomasi tasdiqlansin. (Dalolatnoma ilova qilinadi).
3. Jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi yuzasidan olib borilgan ishlar qoniqarli deb topilsin.
4.2022-2024 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasiga kiritish uchun taklif etilgan qo‘shimchalar ma’qullansin va jamoa shartnomasining tegishli bandlariga kiritilgan deb hisoblansin. (Qo‘shimchalar ilova etiladi)
5. Tashkilot xodimlar mexnat jamoasining umumiy yig‘ilishida bildirgan taklif, muloxaza va muammolar umumlashtirilib ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Oqdaryo tuman kengashiga taqdim etilsin.
6. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash «Tashkilot rahbari hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisilari zimmalariga yuklatilsin.
Yig‘ilish raisi: D.Xamidova

Yig‘ilish kotibi: M.Abduraxmonova




19 -MTT jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi bo‘yicha tekshiruv
DALOLATNOMASI
2023-yil 30 yanvar Oqdaryo t.
Biz, quyida imzo chekuvchilar, 19-MTT jamoa shartnomasi bajarilishini nazorat qiluvchi komissiya a’zolari N.Djureva, S.Sirojova va M.Sultonovalar jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishini tekshirib, quyidagilarni aniqladik.
UMUMIY QOIDALAR.
1.1. Hisobot yilida jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat vazifasini bajarib keldi.
1.2. Jamoa shartnomasi Ish beruvchiga va tashkilot ning barcha xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul kilingan shaxslarga ham tatbiq etildi.
Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etildi:

  • xodimlarning oila a’zolariga;

  • yoshga doir pensiyaga ketishi munosabati bilan mehnat munosabatlari ish beruvchi tomonidan bekor qilingan shaxslarga;

  • kasaba uyushmasi qo‘mitasining shtatdagi xodimlariga;

  • mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli zarar yetkazilishi oqibatida jabrlangan sobiq xodimlarga;

  • mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan xodim qaramog‘ida bo‘lgan va zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga;

  • kasaba uyushmasi a’zolariga (kasaba uyushmasi byudjeti hisobidan beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar qismida).

1.3. Jamoa shartnomasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar hisobot yilida kiritilmadi.
1.4. Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan ishga yangi qabul qilingan xodimlarni, jamoa shartnomasi, shuningdek kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib qabul qilingan Tashkilot ning boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasining mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini (yig‘ilishlar, konferensiyalar, mas’ul xodimlar hisobotlari, axborot stendlari, tarmoq nashrlari va hokazolar orqali) ta’minlash majburiyatini bajarib keldi.
II. IQTISODIY FAOLIYaT.

Yüklə 191 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin