Avvalambor shuni ta’kidlash joizki, Tashkilot da xodimlar jamoasi bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini amalga oshirilishida jamoa shartnomasi muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda jamoa shartnomasiga kiritilgan yangi bandlar, o‘zgartirishlar tufayli xodimlar uchun qulayliklar yanada ko‘paydi. Bu esa o‘z navbatida jamoa shartnomasining g‘oyat ahamiyatli ekanligini ko‘rsatdi.
So‘nggi yillarda yuqori kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan boshlang‘ich tashkilotlarga Kasaba uyushmasiga a’zolik badallarini 60 foizini boshlang‘ich tashkilotlarda qoldirilishi, sanatoriy yo‘llanmalaridan oila-a’zolari uchun ham foydalanish imkoniyati, yo‘llanmalar sotib olishdagi imtiyozlar, ayollar, yoshlar, yolg‘iz-keksa kishilar, nogironlar uchun belgilanayotgan ijtimoiy kafolatlar so‘zimizning isbotidir.
2022 yil davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ayrim ishlarni aytib o‘tsam.
2022 yilning oxirida yillik ish reja tuzilib, shu bo‘yicha faoliyat olib borildi. Rejaga muvofiq qo‘mita yig‘ilishlari belgilangan muddatlarda o‘tkazilib kelindi.
Tashkilot ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan «Tashkilot dagi kasaba uyushma a’zolari o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, intellektual huquq va manfaatlarini himoyalab, kasbga oid barcha munosabatlarni tartibga solib kelmoqda.
Ijtimoiy sheriklik tizimiga asosan, ma’muriyat bilan hamkorlikda Tashkilot faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Pedagoglarga o‘quv yuklamasi taqsimotida, ichki mehnat tartib qoidalari ishlab chiqilishida, xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod qilishda, shu kabi boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi faol ishtirok etdi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga kelib tushgan yozma va og‘zaki murojaatlarga javoblar Mehnat kodeksiga muvofiq tarzda amalga oshirildi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Oqdaryo tuman kengashi tomonidan ish yuritish borasida amaliy yordamlar ko‘rsatilib, kanselyariya buyumlari bilan ta’minlanib kelindi. Xodimlarni huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari bir necha bor mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shu sababdan nizoli holatlar vujudga kelmadi.
Ro‘yxat hamda tushgan arizalarga muvofiq, xodimlarga sanatoriy uchun yo‘llanmalari va moddiy ko‘mak berib kelinmoqda. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi qaroriga muvofiq, nafar xodimlarimizga moddiy yordam berildi. O’tgan yilda ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelmadi.
Ish beruvchi tomonidan xodimlarga qulay, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratildi. Jamoa shartnomasi ilovasida alohida ro‘yxatda keltirilgan xodimlarga maxsus kiyim, gigiyenik vositalar berildi. Favqulotda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilgan. Bu borada xodimlar bilan birgalikda o‘quvchilar uchun ham tushuntirishlar olib borilmoqda. Yozgi ta’til davrida Tashkilot binosi to‘liq ta’mirdan chiqarildi va qish mavsumiga tayyorlandi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nazorati kasaba uyushmasi tomonidan tayinlangan vakil orqali amalga oshirilmoqda.
Ish joylarini mehnat muhofazasi, havfsizlik texnikasi, sanitariya qoidalari talablariga muvofiq holatga olib kelish borasida Tashkilot ma’muriyati tomonidan tegishli chora ko‘rilishi borasida Tashkilot kasaba uyushmasi tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib borildi. Natijada ta’lim muassasida yaratilgan sharoitlar tufayli baxtsiz hodisalar qayd etilmadi.
Xodimlar o‘rtasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga, ichki mehnat tartib qoidalariga to‘liq rioya qilishga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlar olib borildi.
Yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tashkil qilinayotgan sport musobaqalarida, turli ko‘rik-tanlovlarda Tashkilot imiz faol ishtirok etib, fahrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Sport salomatlik garovi”, “Kasaba-tur” velamarafoni, “Voleybol” sport musobaqalarida Tashkilot imiz xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Kasaba uyushmasi tashkilotlarining chinakam uyushqoq va sohada ta’sirchan kuchga aylanishi uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining eng asosiy vazifasi ishlovchilarni ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ekan, bizga berilgan ishonchni oqlashga, kelgusida yilda bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga harakat qilamiz. Sizlarga farzandlarimizga ta’lim-tarbiya berishdek ulkan vazifalarni amalga oshirishingizda kuch-g‘ayrat, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Qo‘mita raisi: R.Zoxidova.