Oqimning asosiy gidravlik elementlari
Suyuqlik oqimining tekshirishda oqim qonunlarini matematik ifodalash uchun uni gidravlik va geometrik nuqtai nazardan hilakterlovchi: 1) harakat kesimi; 2) suyuqlik sarfi; 3) o’rtacha tezlik; 4) ‘o’llangan perimetr; 5) gidravlik radius kabi tushunchalar kiritiladi.
Harakat kesimi deb shunday sirtga aytiladiki, uning hil bir nuqtasidan oqim chizig’i normal bo’yicha yo’nalgan bo’ladi. Umumiy holda harakat kesimi egri sirt bo’lib, parallel oqimchali harakatlar uchun tekislikning bo’lagidan iborat (ya’ni tekis sirtdir).
Masalan, radial tarqalayotgan suyuqlik oqimi uchun harakat kesimi sferik sirt bo’lsa, o’zanda va trubada harakat qilayotgan oqmaning harakat kesimi tekis sirtdir. SHunga asosan parallel oqimchali harakatga ega bo’lgan oqimlarning harakat kesim uchun quyidagicha taorif berish mumkin: oqimning umumiy oqim yo’nalishiga normal bo’lgan ko’ngdalang kesimi harakat kesimi deb ataladi. Oqim harakat kesimining yuzi hilfi bilan belgilanadi.
1.11-rasm. Harakat kesimiga oid chizma
Vaqt birligida oqimning berilgan harakat kesimi orqali oqib o’tayotgan suyuqlik miqdori suyuqlik sarfi deb ataladi. Sarf Q hilfi bilan belgilanadi va l/s, m3/s, sm3/s larda o’lchanadi. Elementar yuza bo’yicha sarfni dq bilan, birlik yuza bo’yicha sarfni q bilan belgilanadi. Trubadagi (a) va kanaldagi (b) oqimlar uchun tezlik epyuralari keltirilgan. Tezlik suyuqlik oqayotgan idish devorlarida nolga teng bo’lib, devordan uzoqlashgan sari kattalashib borishi rasmda ko’rinib turibdi. Turbada tezlikning eng katta qiymati uning o’tasida bo’lsa, kanalga erkin sirtga yaqin yerda bo’ladi. Ixtiyoriy elementar oqimcha uchun elementar sarf dQ=u d ga teng. Oqim cheksiz ko’p elementar oqimchalardan tashkil topgani uchun elementar sarflarning yig’indisi, ya’ni butun oqimning sarfi integral ko’rinishda ifodalanadi:
Q= ud (3.3)
bu yerda - harakat kesimi; d - harakat kesimining elementar oqimchaga tegishli bo’lagi.
Suyuqlik zarrachalarining hammasi bir xil tezlik bilan harakatlanganda bo’ladigan sarf, ‘aqiqiy harakat vaqtidagi sarfga teng bo’ladigan tezlik o’rtacha tezlik deb ataladi.
Bu xolda suyuqlik sarfi o’rtacha tezlik orqali quyidagicha ifodalanadi.
Q=V.w
Harakat kesimi va suyuqlik harakat qilaetgan so’a uchun umumiy bo’lgan chiziq xo’llangan perimetr deyiladi va xarfi bilan ifodalanadi. Harakat kesimining xo’llangan perimetrga nisbati gidravlik radius deb ataladi.
Silindrik trubalar uchun bo’lgani sababli gidravlik radius diametrning tshrtan biriga teng: .
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Suyuqlik harakatini tushuntiring.
2. Suyuqlik harakat yo’nalishini tushuntiring.
3. Suyuqlikning ko’ndalang kesimi nima?
4. Gidravlik radius nima?
5. Elementar oqimcha nima?
6. Elementar oqimcha harakatini tushuntiring.
7.Harakat turlarini tushuntiring.
8.Oqimchalik harakatning xossalarini ayting.
9. Oqimning asosiy gidravlik elementlarini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |